tgoop.com/DigiTechAI/3589
Last Update:
🏆2025 yilning 27 aprel kuni Yangi O‘zbekiston Universitetida Yandex Uzbekistan tomonidan, ML Community (INHA University) va Yangi O‘zbekiston Universiteti ko‘magida tashkil etilgan “Coding and Math Contest 2025” – dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
👨🏻💻👩💻Mazkur tanlovda O‘zbekistondagi turli oliy ta’lim muassasalari talabalari va IT mutaxassislari ishtirok etib, dasturlash, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik tahlil va chiziqli algebra sohalaridagi bilimlarini namoyish etishdi.
🧮Tanlov ikki bosqichdan — dasturlash va matematika bo‘yicha onlayn imtihonlardan iborat bo‘ldi. Topshiriqlar xalqaro mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ingliz tilida o‘tkazildi. Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul bo‘ldi.
Taqdirlash marosimi tanlovning eng muhim voqeasiga aylanib, unda ishtirokchilar, tashkilotchilar va hamkorlar o‘z yutuqlarini nishonlash va tajriba almashish uchun bir joyga jam bo‘lishdi. Tadbir O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish hamda iqtidorli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
BY AI | DigiTech

Share with your friend now:
tgoop.com/DigiTechAI/3589