tgoop.com/DigiTechAI/3469
Create:
Last Update:
Last Update:
👩💻🧑🏻💻Yandex Uzbekistan dasturlash va matematika bo‘yicha intellektual tanlov — Coding and Math Contest'ni tashkil etmoqda. Bu o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish, dunyodagi yetakchi ekspertlar tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajarish va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin:
• O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari,
• O‘zbekistonda ishlaydigan IT-mutaxassislari.
Ishtirok etish uchun talablar: Zamonaviy dasturlash tillari, algoritmlar, statistika, ehtimollar nazariyasi, matematik analiz va chiziqli algebra bo‘yicha bilimlar talab etiladi.
Tanlov formati:
• Ikki onlayn bosqich — dasturlash va matematika bo‘yicha har biri 6-10 ta vazifadan iborat.
• Til: inglizcha.
• Ishtirok: bepul.
• Final: oflayn mukofotlash marosimi, Yandex Uzbekistan tomonidan sovg‘alar va mukofotlar.
Nega ishtirok etish kerak?
• O‘zingizni sinovdan o‘tkazing — vazifalar xalqaro olimpiadalar va ICPC darajasidagi topshiriqlarga teng.
• Tan olinish va mukofotlar olish — 65 mln so‘mlik mukofot fondi 8 ta eng yaxshi ishtirokchi orasida taqsimlanadi, qolgan ishtirokchilar esa qimmatbag‘o sovg‘alarga ega bo‘lishadi.
• Hamjamiyatga qo‘shiling — tanlov dasturlash va matematikadan ishtiyoqi baland talabalar va yosh mutaxassislarni birlashtiradi.
Qanday ishtirok etish mumkin?
Ro‘yxatdan o‘tish: 18 aprelga qadar havola orqali.
Hamkorlar: New Uzbekistan University, ML Community (INHA University), Yandex ma’lumotlarni tahlil qilish maktabi.
O‘z mahoratingizni sinovdan o‘tkazing, intellektual hamjamiyatga qo‘shiling va Yandex Uzbekistan Coding and Math Contest'da g‘olib bo‘ling!💥
BY AI | DigiTech

Share with your friend now:
tgoop.com/DigiTechAI/3469