tgoop.com/zokirovdev/409
Last Update:
🎰 Do’stlarim bilan Kazinoga bordik.
Odamlar ishonmay qolmasin deb, o’zim bilan 999ta do’stimni olib bordim. Qoidalar oson har birimizda 100$dan 10,000$gacha qanchadir pul bor. Kazinodagi rulet o’yiniga borib faqat qizil rangga pul tikamiz. Lekin juda ochko’z bo’lish yo’q. Eng ko’pi bilan o’zimizda bor pulning 30%ini tikishimiz mumkin. Ishchi ruletni aylantiradi: qora yoki qizil. 50% ehtimollik bilan tikkan pulimizni 2 baravar qilib qaytarib olamiz, yoki uni butunlay yo’qotamiz. Juda adolatli o’yin. Shunday qilib butun tunni kazinoda o’tkazib, har birimiz 400 martta shu o’yinni o’ynadik. Natijalar esa juda ayoyib: 600 kishi bor pulini yo’qotganiga qaramay, 40ta odam foyda bilan chiqdi. Bir do’stim 5 ming dollar bilan kirib, 3.5 Million dollar bilan chiqib ketti. Umumiy hisobda 5 Million dollarni 5.6 Million dollarga aylantirdek.
Keyin o’yg’onib kettim. 999ta odam topib, tushimda ko’rgan narsalarni takrorladik. Lekin bu safar, 5 Million dollar bilan kirib, bor yo’g’i 150 ming dollar bilan chiqib kettik. 850 kishi bor pulini yo’qotti. Atiga 4ta odam foyda ko’rdi va 5 ming dollar pulini 3.5 Million emas, balki 125 ming dollar qila oldi xolos. Lekin bu tush emas. Foyda ko’rganlar o’zini boshqalardan omadliroqman deb o’ylab, yana 200 martta o’ynashdi va bor pulini yo’qotishdi.
Xo’sh, nima o’zgardi? Gap shundaki Rulet o’yini biz o’ylaganchalik adolatli emas. Bizga faqat qora va qizil ranglar ko’rinadi, lekin ruletta yashil rang ham bor. Ha o’sha bor yo’g’i 2 dona 0 va 00 raqamlari berilgan yashil ranglar. Ularga e’tibor ham bermaymiz. Lekin ular yutish ehtimolligimizni 50%dan 47.4% ga tushirib qo’yadi.
Tushimda, faqat qora va qizil ranglar, yutish ehtimolligimizni 50% qilib bergandi. Rostan ham omadimiz kelib, 600 ming dollar yutishga muvaffaq bo’ldik. O’yg’onib borganimizda esa yashil rang yutish ehtimolligimizni 47.4% qilib qo’yganligi 4.85 Million yo’qotishimizga sabab bo’ldi.
P.s: Kazinoga borganim yo’q :( Randomness’ni iloji boricha kamaytirish uchun, yuqoridagi holatni 1000ta odam bilan 400ta round ustida 100 martta simulatsiya qilib, ushbu raqamlar topildi.
BY zokirov.dev
Share with your friend now:
tgoop.com/zokirovdev/409