tgoop.com/zokirovdev/376
Last Update:
🎒9-sinfligimda Toshkentdagi eng nufuzli va eng qimmat maktablardan biri Tashkent International School (TIS)ning har yili atiga 3ta o’quvchiga beriladigan grandini olish uchun ariza topshirdim. Bir nechta bosqichlardan keyin, 500ga yaqin nomzodlardan, bor yo’gi 4 tasi final bosqichiga yetib keldi. Ular orasida men ham bor edim.
🗼Ushbu bosqichda bizga pasta tayoqchalari va marshmellowlar berib, birgalikda eng baland va stabil binoni qurishimzni so’rashdi. Maqsad esa oddiy, hech qanday raqobatsiz, boshqa odamlar bilan bir jamoada ishlay olish qobilyatimizni tekshirish. Qurilayotgan bino balandmi yoki pas - bu hamma uchun bir xil natija. Mobodo bino qulab tushsa, umuman asabiylashish kerak emas, chunki u hamma uchun qulab tushdi.
Ushbu bosqichni yutish qanchalik osonligini tasavvur qilayapsizmi?
👷Oltita hakam qarshisida binoni qurishni boshladik. Taxminan 40 daqiqadan keyin, qilgan hamma ishimiz yerga quladi. Hamma jim. Men esa taxminan hamma eshitadigan ovozda “fuck” deb munosabat bildirdim. Buni eshitgan hakamlarning hammasi menga qaradi va meni noqulay vaziyatga tushurmaslik uchun kulib qo’yishdi.
🏆Oradan uch kun o’tgach, TIS grandini yuta olmaganligim haqida email keldi.
🎬O’zbekistonda ona tilisi Ingliz tili bo’lgan aholi ko’p bo’lmaganligi uchun, odatta bu tilni Ingiliz tilida kinolar ko’rish, musiqalar eshitish va kitoblar o’qish bilan o’rganamiz. U yerda bo’ladigan hodislar esa asosan professional muhitda emas, balki ko’cha muhitida sodir bo’lganligi uchun ko’pincha “fuck”, “shit”, “damn” va shu kabi so’zlarni eshitishimiz yoki o’qishimiz tabiiy hol. Birinchi navbatta maqsad ingliz tilini o’rganish bo’lganligi uchun, ushbu so’zlar ham lug’atimizga qo’shiladi va “demak native speakerlar shu so’zlarni ishlatar ekan” degan tushuncha hosil bo’ladi. Yetmaganiga boshqalardan ajralib turish, native speakerlardek bo’lish uchun bu so’zlarni kunlik hayotimizda ishlatishni boshlaymiz.
🗂Haqiqat esa bundan ancho uzoq. Ta’kidlanganidek, yuqoridagi so’zlar ko’cha so’zlari va u so’zlarni qayerda ishlatishimizdan qat’i nazar, ular faqatgina bizning boshqalar tomonidan qabul qilishingizni yomonlashtiradi. Native Ingiliz tili foydalanuvchilari ishxonasida yangi hamkasb bilan tanishib qolsa, yuqoridagi so’zlarni ishlatishmaydi. Ular ishga topshirish jarayonida, uchrashuvga chiqqanda, yoki darslarda ham bunday so’zlardan foydalanishmaydi. Ularga bu so’zni aytish ham, bizga hech qanday foyda olib kelmaydi.
Ushbu so’zlarni ishlatadigan lug’atimizdan chiqarib tashlash bizni ko’proq native speakerlarga yaqinlashtiradi.
TISga kira olmagan bo’lsamda ular meni yaxshi dars bilan kuzatib yuborishdi.
BY zokirov.dev
Share with your friend now:
tgoop.com/zokirovdev/376