tgoop.com/writing_t/6713
Last Update:
Soat 4 bolyapdi hali uxlamadim. Abetda dars o'tishim kerak shungacha uxlab olishim kerak, lekin hali anchaa dars tayyorlashim kerak, maqola yozishim kerak, energiya kamayib boryapdi shug'ullanishim kerak. Menda charchoqdan muammo yuq, motivatsiya intizom degan narsalardan muammo yuq, vaqtdan muammo bor, balki nafsdan muammo bor. Ba'zida orzularim bo'lmasligini orzu qilaman. Men uxlolmiyman, o'tirib dam ololmiyman, mazza qilolmiyman, chunki deyarli hamma maqsadlarimga qanchalik harakat qilsam ham erisholmasligimni bilaman. Shu uchun hech qachon xotirjam bo'lolmiyman. Shu jimgina ikkita qimmat moshin olishdi, bir ikki etaj uy qurishdi, mashhur boy bo'lishni orzu qilsam bo'masmidi. Muvaffaqiyatni maqsad qilsam o'lamidim. Agar sizni qilayotgan mehnatingiz orzularingizga zarracha bo'lsa ham yaqinlashtirayotgan bo'lsa, sizga bu dunyoda boshqa hech narsa kerakmas. Tanangizdan chiqayotgan ter, ko'zingizdan chiqayotgan yosh, boshingizdagi hayollar sizni maqsadlaringizga yaqinlashtirsa kayf qib harakat qingizlar, terlangizlar, yig'langizlar, o'ylangizlar. Orzular uchun harakat qilish, ularga erishishdan ko'ra muhimroq va rohatlanarliroq.
Men shu uchun ham IELTS tayyorlanganimda kayf qilgandim. Har bir yodlagan so'zim, urgangan grammarim, qo'llagan uslubim, qatnashgan darsim maqsadimga yordam berishini bilib kayf qigandim. Har bir soat mehnat to'g'ridan to'g'ri darajamni oshirishini bilib kayf qigandim. Agar meni o'zim harakat qilsam hech kim meni to'xtatolmasligini bilib mazza qigandim. Hammasi o'zimga bog'liq, o'zimni niyatimga, o'zimni mehnatimga, o'zimni harakatimga bog'liqligini bilib mazza qigandim.
@WRITING_T
BY IELTS 9.0 √Suhrobjon Abdivaliev
Share with your friend now:
tgoop.com/writing_t/6713