tgoop.com/webdev07/4246
Last Update:
Eng zo'r Leetcode interview
Nvidiaga topshirganimda birinchi interview Hiring Manager bilan, ya'ni men topshirayotgan jamoaning manageri bilan bo'lgan. U juda noodatiy o'tdi va men uchun shu paytgacha o'tgan intervyularim ichida eng zo'ri bo'ldi.
Odatda intervyu olayotgan inson oldindan biror bir Leetcode masalani tanlaydi va unga juda yaxshilab tayyorgarlik qiladi. U masala haqida deyarli hamma narsani biladi.
Bu manager esa unday qilmadi. "Bunday qilsam adolatsizlik bo'ladi. Haqiqiy hayotda undan bo'lmaydi, muammo yechimini birga topishimiz kerak" dedi.
Nima qilamiz ekan deb o'ylab tursam, Leetcodega kirdi va random tugmasini bosdi. O'zi ham oldin ko'rmagan masala chiqdi va shu masalani ikkalamiz keyingi 30 daqiqa davomida birgalashib ishladik. Fikrlar almashdik, muhokamalar qildik. Masalani yechib submit qildik. Testlardan o'tdi.
Men ham interviewdan o'tdim. Shu yoqimli jarayon bo'ldi. Men ham intervyu olishni boshlasam shu usuldan foydalanaman deb o'ylab qo'ydim.
@jakhonrakhmonov
BY Web Dasturlash kanali
Share with your friend now:
tgoop.com/webdev07/4246