tgoop.com/webdev07/3756
Last Update:
🤔 Bu inson haqida hech eshitganmisiz ?
U dasturchilarning joniga oro kirgan "Redux" kutubxonasi, hamda "Create React App" ham-muallifi Dan Abramov.
— Dasturlashga kirishi
Abramovning dasturlashga qiziqishi Rossiyada 12 yoshida Microsoft PowerPoint dasturi orqali paydo bo'lgan. Keyinchalik esa "VB" dasturlash tilini kitoblardan o'rgangan, 14 yoshida esa "JS" o'rganishni boshlagan.
Maktabni tugatgandan so'ng, Abramov universitetda o'qishni boshladi, lekin DataArt kompaniyasida C# dasturchisi sifatida ishga kirishgach, universitetni tark etgan.
— Karyeraning boshlanishi
U 2015-yili esa Londondagi Facebook(Meta) ning ofisida React Core jamoasi tarkibida, React JSni ishlab chiqish jarayonida qatnashgan.
Dan Facebookda ishlash mobaynida "Andrew Clark" bilan birgalikda Reduxni ishlab chiqarishgan. Keyinroq esa u "Joe Haddad" bilan Create React App ga ham asos solgan!
Siz, Dan haqida uning rasmiy blogi orqali batafsilroq ma'lumot olishingiz mumkin: https://overreacted.io/
👉 @WebDev07 ✅ | #Qiziqarli
BY Web Dasturlash kanali

Share with your friend now:
tgoop.com/webdev07/3756