tgoop.com/uva_uz/3386
Create:
Last Update:
Last Update:
#volontyorlarQabuli
Erta tongdan “qaynoq”
yangilik 👋
Hurmatli Volontyor!
Bu yo’lda sizga hamfikrlar jamoasi yordamda tayyor
Birinchi eko-klublarni ishga tushirish va rivojlantirish boshida bo‘lishni istaganiz, bu yangilik aynan SIZ uchun
O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi va GEF kichik grantlar dasturi ko‘magida pilot tarzda amalga oshirilayotgan Toshkent, Toshkent viloyati, Sirdaryo va Xorazm universitetlarida Eko-klublar tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish loyihasi sizni kutmoqda! 🚀
Tashkilotchi volontyorlar qabuli
🎯 Bizning maqsadimiz:
Eko faollarni manzilli birlashtirib, ularni eko-harakatning asosiy kuchiga aylantirish.
Keyinchalik esa — butun mamlakat bo‘ylab tizimli eko klublarni yaralishida yordam berish! 🇺🇿🌿
✨ Siz nima qilasiz?
✅ Universitetlarda eko-klublarni yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirishda tizimli yordam;
✅ talabalar bilan ishlash va eko-tadbirlar tashkil etish;
✅ ijtimoiy tarmoqlarda media-kampaniyalar yuritish;
✅ eko volontyorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yordam berish 🌱
💡 Biz kimni izlayapmiz?
eko faollar 🌍
👉 Agar bu siz haqingizda bo‘lsa, tezroq ariza topshiring!
Yangi yoshlar eko-harakatining birinchilaridan bo‘ling va mamlakatimiz EKOlyutsiyasiga o‘z hissangizni qo‘shing! 🇺🇿
📩 ARIZA topshirish
Joylar cheklangan!
Saralangan volontyorlar bilan tashkilotchilar ko’rsatilgan raqamlar orqali aloqaga chiqadilar
👋
Volontyorlar uchun saralangan
yangiliklar ⬇️
Telegram |Instagram |Facebook |Web