tgoop.com/uva_uz/2892
Last Update:
Aziz volontyorlar!
Ushbu muborak oyda ko‘pchiligingiz mehr-oqibat va fidoyilik ko‘rsatib, suv va xurmo ulashib, ehtiyojmandlarga yordam berdingiz. Sizning samimiy saxiyligingiz va beg‘araz yordamingiz uchun har biringizga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz.
Shu munosabat bilan barcha volontyorlar uchun uchrashuv tashkil qilmoqchimiz. Bu – bir-birimiz bilan yaqindan tanishish, fikr almashish va iliq muhitda suhbat qurish uchun ajoyib imkoniyat. Keling, uchrashib, do‘stona muloqot qilamiz va birdamligimizni yanada mustahkamlaymiz! “Achom-Achom Time” – O‘zbekiston volontyorlari oilasining ezgu an’anasi!
Agar Ramazon oyida boshqalarga yordam bergan va ularni qo‘llab-quvvatlagan insonlarni bilsangiz, ularni ushbu post ostida belgilab o‘ting.
Biz ular bilan shaxsan tanishib, ularni O‘zbekiston volontyorlari oilasi bilan bog‘lashdan xursand bo‘lamiz.
Barcha savollar va qo‘shimcha takliflar bo‘yicha quyidagi koordinatorga murojaat qilishingiz mumkin:
@farangiz0109
👋
Volontyorlar uchun saralangan
yangiliklar ⬇️
Telegram |Instagram |Facebook |Web