tgoop.com/umaroffBlog/3312
Last Update:
Ishimiz yuzasidan har xil bino egalari bilan ko‘rishib turaman. Yillar davomida bitta qonuniyatni kuzatdim: Bizdagi boylarning ko‘pi ko‘ringanidan ancha boyroq bo‘lib chiqadi. Ya‘ni, darajasiga nisbatan oddiyroq yuradi. Balki, status xaridlariga ortiqcha pul ketkazmaganlari uchun ham, aktivlarga pula yig‘a olishgandir.
Bir vaqtning o‘zida, puli yo‘qlarning o‘zini boyroq qilib ko‘rsatayotganini kuzatamiz. Bo‘lib to‘lashga olingan telefonlar. Avtokreditga olingan inomarkalar. Qarzga olingan sayohatlar. Qiynalib qilingan hashamat to'ylar.
Boylar o‘zini faqirroq ko‘rsatgan. Faqirlar o‘zini boyroq ko‘rsatgan.
Bu qonuniyat balki faqat pulda emasdir? Inson axloqida ham shuni ko‘rdim. Uchratgan eng yaxshi odamlarim o‘zlarini maqtamas edi. Ishlaridan bilib olardim. Yoki atrofdagilar maqtardi.
Gapda yaxshi bo‘lganlar esa oxiri yaramas bo‘lib chiqdi. “Men unday, men bundayman” deydi. Birga ishlasangiz unday bo‘lib chiqmaydi.
BY Umaroff | Blog.
Share with your friend now:
tgoop.com/umaroffBlog/3312