tgoop.com/umaroffBlog/3192
Last Update:
Suv kabi bo’l
• Men uchun hayotimdagi judayam qadrli inson “Suv kabi bo’lishni” - aytgandi.
• Ha, rostan suv kabi bo’lgan odam hayotda muvaffaqiyat qozonadi.
• Suvni bilasiz, judayam moslashuvchan bo’ladi.
• Qanaqa idishga quyilishidan qat’iy nazar, xuddi o’sha idishni shakliga kiradi.
• Suv hech qachon to’xtab qolmaydi. Doimo oqadi, doimo harakatda bo’ladi. Toshlarga, to’siqlarga duch kelsa, ularni chaplab o’tadi, yoki toshib, buzib o’tib ketadi.
• Shuningdek, suv bizga judayam kerali resurs. Suvsiz hayot yo’q. Suv bilan dalalar obod bo’ladi. Odamlarni chanqog’i qonadi.
• Suvsiz binolar qurilmas. Hatto eng o’tkir pichoq, qilichlar yasash uchun ham suv kerak.
• Shuning uchun ham, qari bobo-momolarimiz: “Suvdek se’rob bo’lgin, bolam” - deb duo qilar ekanlar.
• Suvda gap katta. Gapirsa, bu Alloh yaratgan mo’jizani soatlab gapirish mumkin.
• Demak, suvdek moslashuvchan va jamiyatga kerakli shaxs bo’lishga intilishimiz zarur ekan.
#thoughts
@otaboyevblog
BY Umaroff | Blog.
Share with your friend now:
tgoop.com/umaroffBlog/3192