tgoop.com/umaroffBlog/3099
Last Update:
Inglizlarda “an empty wagon makes the most noise” degan gap bor. Tarjimasi “bo’sh vagon eng ko’p shovqin chiqaradi”
Har birimizni davramizda shunday “bo’sh vagon” lar bor. Hech narsani bilmasa ham, og’zini to’ldirib gapirishdan to’xtamaydi. Odatda shunday insonlar, “qancha ko’p gapirsam shuncha odamlar meni aqlli deb o’ylashadi” deb o’ylashadi. Aslida ko’p gapirish (ayniqsa) erkak kishi uchun, kuchsizlik va aqlsizlik belgisidir.
Robert Grini ning “Hokimiyatning 48 qonuni” kitobi 4-qonuni: Har doim keragidan kamroq gapir!
Chunki bir sohani qancha chuqur o’rganganingiz sari, shu sohani qanchalar bilmasligingizni anglab yetishni boshlaysiz. Va anglab yetish sizni kamtarlikka, kamtarlik esa kamgaplikka olib keladi.
Ko’proq eshitib kamroq gapiring! Chunki inson gapirib emas eshitib o’rganadi.
(c) shahadolimov
#uzbpost
BY Umaroff | Blog.

Share with your friend now:
tgoop.com/umaroffBlog/3099