tgoop.com/umarhalil/3546
Last Update:
Nima uchun hayajonlanasiz?
Siz koʻpchilikni qarshisida gapirishdan, imtihon topshirish chogʻida yoki nufuzli shaxslar huzurida erkin gapirishdan choʻchiysiz va hayajonlanasiz.
Aslida “Gapirishdan emas, baholanishdan qoʻrqamiz” – Hayajon ortida qanday sabablar bor va uni qanday yengish mumkin?
Jamoat oldida gapirishdan qo‘rqasizmi? Vujudingizda siqigʻlikni sezasiz, yurak tez uradi, ovoz titraydi. Bu faqat sizda emas bu — deyarli hammaning ichidagi "baholanish" qoʻrquvi.
Chunki aslida biz gapirishdan emas, balki odamlar biz haqimizda nima deb oʻylaydi degan fikrdan qo‘rqamiz.
Nima uchun bu qoʻrquv paydo boʻladi?
1.Bolalikdagi tanqidlar — “Boshqalardek bo‘la olmaysan”, “Senga ishonch yoʻq, sen eplolmaysan!” kabi so‘zlar bizni o‘zimizdan shubhalanishga o‘rgatgan.
2.Solishtirish odati — Biz ko‘p hollarda o‘zimiz hali amalga oshirmay turib oʻzimizni zo‘r chiqish qilganlar bilan, tajribali insonlar bilan taqqoslaymiz. Natijada o‘z kuchimizni ko‘rmaymiz.
3.Mukammallik bosimi — Har bir gap “to‘g‘ri” chiqishi kerak, men har kimda ijobiy taassurot qoldirishim kerak degan noto‘g‘ri e’tiqod sizdagi hayajonni oshiradi.
Bu holatni qanday yengish mumkin? Hozir bir metodni aytib oʻtaman, sinab koʻring!
Diqqatingizni bir fikrga jamlang, ya’ni dastlabki chiqishda vazifani mukammal topshirishni emas, uni shunchaki topshirishni birinchi oʻringa qoʻying.
“Odamlar nima deb o‘ylaydi?” degan fikr o‘rniga: “Men ularga qanday foyda bera olaman?” degan savolni o‘zingizga vazifa qilib belgilang va gapirganda tabiiylikka urgʻu bering. Tabiiy muloqot oʻzingizga ishonchni oshiradi.
Foydali boʻlgan boʻlsa huddi shunday muammosi bor tanishlaringizga ulashing va samimiy munosabatingizni kutib qolaman )
👉 @umarhalil 👈
BY Omar Xalil
Share with your friend now:
tgoop.com/umarhalil/3546