tgoop.com/ubdd_uz/29276
Last Update:
🌐 Sergeli tumanida sodir bo'lgan YTH bo'yicha ma'lumot
✅ Joriy yilning 29-aprel kuni soat 05:40 larda Sergeli tumani Yangi Sergili-Qipchoq chorrahasida haydovchi Cobalt rusumli transport vositasi va Skuter mototransport vositasi bilan o’zaro to’qnashishi oqibatida yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan.
🛑YTH natijasida Skuter mototransport vositasining haydovchisi va yo’lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko’rsatilgan.
🚨Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
🛑Barcha yo'l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmasliklarini soʼraymiz.
🇺🇿Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
BY IIBB YHXB | Rasmiy kanali
Share with your friend now:
tgoop.com/ubdd_uz/29276