tgoop.com/tistinfouz/3577
Last Update:
#qabul
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qo‘shimcha qabul boshlandi!
Qabul my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 9-18-oktabr kunlari (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Abituriyentlar kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllarida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlariga hujjat topshirishlari mumkin.
Elektron platforma orqali quyidagi kasbiy ta'lim darajalari bo'yicha hujjat topshirish mumkin:
Boshlang'ich kasbiy ta'lim dasturlari(3-daraja, 9-sinf bitiruvchilari uchun)
O'rta-maxsus kasbiy ta'lim dasturlari(5-daraja,kamida 11-sinf bitiruvchilari va boshqa o'qish istagini bildirganlar uchun)
Qabul kvotalaridan ortiqcha hujjatlar kelib tushgan hollarda yozma imtihon shaklida kirish sinovlari o‘tkaziladi.
💥 MUHIM! Texnikumni o'rta-maxsus kasbiy ta'lim dasturi(5-daraja) bo'yicha muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kirish imtihonlarisiz Oliy ta'lim muassasalariga 2-kursdan suhbat asosida o'qishga qabul qilinadilar.
(Asos: Vazirlar Mahkamasining 11.01.2022 yildagi 17-sonli qarori)
Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumining rasmiy sahifalari:
| Telegram | Facebook |Instagram|
BY TOSHKENT IQTISODIYOT VA SOLIQ TEXNIKUMI | RASMIY
Share with your friend now:
tgoop.com/tistinfouz/3577
