tgoop.com/tistinfouz/3576
Last Update:
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qo‘shimcha qabul boshlandi!
Qabul my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 9-18-oktabr kunlari (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Abituriyentlar kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllarida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlariga hujjat topshirishlari mumkin.
Qabul kvotalaridan ortiqcha hujjatlar kelib tushgan hollarda yozma imtihon shaklida kirish sinovlari o‘tkaziladi.
Shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari va “Germaniya tibbiyot akademiyalari” xalqaro ta’lim dasturi doirasida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun ham 2025-yilning 9-oktabrdan 18-oktabrga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz orqali hujjat topshirish imkoniyati yaratilgan.
telegram | facebook | instagram
BY TOSHKENT IQTISODIYOT VA SOLIQ TEXNIKUMI | RASMIY
Share with your friend now:
tgoop.com/tistinfouz/3576
