tgoop.com/thoughts_different/1964
Last Update:
Global UGRAD. Orzudagi Amerika tomon-4
Elchixonadagilar aytgan "next week" ham keldi. Dushanba, seshanba o'tdi lekin hech kutilgan emaildan darak yo'q edi. Men esa emailimni "obnovit" qilib charchamasdim. Semi-finalistlar bilan birgalikda kutardik, kutardik, xabar yo'q.
Chorshanba. Boshqa muammolarimga e'tibor qarata boshladim (UGRAD, UGRAD deb hamma narsani unutib qo'ygandim). Bilet olishim kerak edi (qayerga ketayotganimni yana commentlarda tahmin qiling). Aviakassaga bordim ertalab. 19-24-mayga round trip bilet kerakligini aytdim. Adashib qaytishni 26-ga qilib qo'yibdi, nima emish 24-mayga Toshkentga qaytish bilet yo'q ekan, boshqa ilojim yo'qmish. Jahl bilan boshqa aviakassaga kirdim, u yerda 19-24-may uyoqda tursin, 26-mayga ham yo'q ekan🤯.
Yig'lagilarim kelib ketdi, endi ketolmaymanmiii, nimaga ertaroq harakat qilmadim, deb o'zimdan xafa bo'ldim juda. Bilet qidirish muammosi bilan UGRAD ham esimdan chiqib ketdi.
Uyga keldim. Telegramdagi semi-finalistlar guruhimizga qarasam, 2 kishi yutganligi haqidagi xatni tashlagan, bayraaam. Woow, deb tabrikladim lekin internetni yoqishim bilan birdaniga keladigan gmail belgisi menda yo'q edi. Yutmabmanda, haaa, deb baribir umid bilan gmailga kirdim. Yangiladim.
Eng oxirgi kelgan xabar US embassydan edi. Xabarda yutgan-yutmaganligim yozilmagan shunchaki biriktirilgan xatni oching deyilgan xolos. 5 daqiqa o'tdi hamki, pdf fayl heech ochilmayapti. Ochildi. "I am pleased to inform you that you have been chosen as a finalist". Aaaaa. Sakradim, baqirdim. Aytib maqtanishga uyda hech kim yo'q. Birin-ketin hamma yaqinlarimga telefon qilib chiqdim. Kanalga yozdim qo'lim qaltiraab😅.
Juddddayam havas qilgandim shu dasturda yutganlarga, Amerikada bepul o'qib kelganlarga. Judda xohlardim shtatlarni aylanishni, boshqa davlatlardan kelganlar bilan birga o'qib ko'rishni.
Endi esa oxirgi step: TOEFL topshirish qoldi. 15-may kuni imtihonim. 100 ball olishni xohlayman. Lekin qiyin test ekan. Omad tilang, o'rtoqlar. Storyni davomini Amerikada🇺🇸, aniqrog'i Californiada, yanayam aniqrog'i San-Franciscoda davom ettiraman, xudo xohlasa.
Biletni qayerga olganimni tahmin qilishni unutmang✈
Yours, Marvarid @thoughts_different
BY Mari's planet🇺🇸️
Share with your friend now:
tgoop.com/thoughts_different/1964