Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#tarjima

Afsus - muhabbatning armug‘onidir. U - biz bir paytlar sevganimiz haqidagi dalil. Afsus biz qo‘limizda hilpiratib, dunyoga ko‘rsatadigan kvitansiyaga o‘xshaydi:
Qaranglar! Bir zamonlar sevgan edim. Jonimdan ortiq ko‘rgan edim. Bu kvitansiya men sevganim uchun to‘lagan to‘lovdir.
Guess who?
Confirmed
🔥1
#tarjima

Farzandlaring senga quloq solmasligi xavotirli emas.

Farzandlaring sendan namuna olishi xavotirli.
🔥5
#tarjima

Eng yaxshi ustoz - oxirgi xatongizdir.
🔥2
athazagoraphobia
#tarjima

Umidvor yurak mo‘jizalar oshyonidir.
3
Yaqinda bir onaxonning janozasiga chiqqandik mahallada. Imom qalbning o‘lishi haqida ma’ruza qildi. Qalbi o‘lgan odamga to‘g‘rilik, odamgarchilik, insof, adolat, iymondan gapirish befoyda bo‘lib qolarkan.

Oxirgi paytlar ko‘p narsaga qo‘l siltab qo‘yyapman. Atrofimda yuz berayotgan o‘zimga nisbatan adolatsizliklarni ilgari juda yaqin olardim o‘zimga, ko‘nglim og‘rirdi. Endi his qilmay qo‘ydim. Ayniqsa, imomning o‘sha ma’ruzasidan keyin. Faqat bir narsani his qilyapman. Achinish. Qalbi o‘liklarga achinish. Aslida bunga ham arzimaydi ular, shunday xulosaga keldim. Lekin qo‘limdan boshqa ish kelmagach, achinishdan boshqa choram yo‘q-da.
🤝1
Never.
#tarjima

Qo‘lingiz baland kelayotganda shaxsiy egoni nazorat qiling.

Yutqazayotganda esa fikrlaringizni.

Agar bularning uddasidan chiqolsangiz, qolgan hamma narsani uddalaysiz.
👍1
Virtual 207🫆
oddiy maishiy yozishmalarda ham baholi qudrat sof adabiy imloga amal qilish
#tarjima #iqtibos

Biz nimani takrorlasak, o‘shamiz.

Shu bois mahorat harakatda emas, o‘sha harakatning odatga aylanishidadir.

© Aristotel
💵🔄🔼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tarjima

Beqarorlik sababli noto‘g‘ri qarorga qaraganda ko‘proq narsa yo‘qotiladi.
Балиқ ва Худо ҳақида фикр

аквариум ичидан туриб
кузатаркан ташни жонивор.
шиша ортидаги дунёни
жаннат дея қилади хаёл.

фақат бир ўй таскин беради
гул қўшади ожиз ҳавасга.
фақат ўлсам тушаман кейин -
шиши ортидаги фирдавсга...

мени эса...
Худо деб ўйлар
ушоқ,  емак ташлаганим-чун.
оч кунлари ибодат қилиб
мендан тилар саҳоват, сукун.

Фақат бошқа бир ҳақиқат бор
Сенга айтай балиғим, чида -
Сенинг Худоингнинг дунёси
сал каттароқ шиши ичида.

мен ҳам сендай фикр қиламан,
бу дунёдан кўнглим тўлмайди.
сенга қийин
шишалар аро
икки мартта ўлиб бўлмайди.

©️ Абдулазизхон Акрамов
2025/10/16 07:36:38
Back to Top
HTML Embed Code: