Telegram Web
Teamwork.uz (фриланс площадка)
Buyurtma №1045 — #aktiv 🎥 Mavzu: Video prezentatsiyalar tanlovi 🔥 Aksiya: Teamwork.uz’dan katta aksiya! 💰 Mukofot fondi: 100.000.000 so‘m 📌 Batafsil ma'lumot: Havola #Tanlov #Video #Mukofot #Teamwork
❗️ Muhim e’lon – Teamwork.uz aksiyasi haqida tushuntirish ❗️

Assalomu alaykum, hurmatli frilanserlar!

So‘nggi kunlarda aksiyamiz bo‘yicha turli fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Ba’zi ishtirokchilar shuni tushunishlarini istardikki, bu aksiya faqat Teamwork.uz’ni reklama qilish uchun emas, balki aynan frilanserlarning o‘z xizmatlarini targ‘ib qilish imkoniyatini yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Biz frilanserlar uchun mijozlar jalb qilishni osonlashtirish, ularning xizmatlarini ommaga tanitish va jamoamizni mustahkamlashni maqsad qilganmiz. Shu bois, 100 000 so‘mlik bonus ham aynan sizning profilingizni rivojlantirish va mijozlarni jalb qilishga yordam berish uchun taqdim etilmoqda.

Agar aksiyaga oid ba’zi bandlar sizga tushunarsiz yoki noqulay tuyulgan bo‘lsa, biz buni ochiq muhokama qilishga tayyormiz. Sizning fikrlaringiz va takliflaringiz biz uchun muhim!

📌 Biz aksiyaga barchani taklif qilamiz! Video orqali o‘z profilingizni targ‘ib qiling va yangi mijozlar jalb qiling! 🎬

Sizning muvaffaqiyatingiz – bizning maqsadimiz! 🚀

@Teamwork_uz
#tarqatinglar_iltimos

30-31 Mart va 1- Aprel
Faqat 3 kun! kitoblar tan arxida – faqat “Shams”da!
“Shams” kitob do‘konida Ramazon hayitiga o‘zgacha tuhfa!
Bayram quvonchini bilim va ma’naviyat bilan boyitmoqchimisiz?
Faqat 3 kun!
Barcha kitoblar — tan narxida!
Ha, noto‘g‘ri o‘qimadingiz — tan narxida!
Ramazon hayiti munosabati bilan “Shams” siz uchun katta chegirmalarni taqdim etadi.
Nega bu aksiyani o‘tkazmoqdamiz?
Chunki biz uchun bayram — sizga foyda, bilim va quvonch ulashishdir.
• Sevimli kitoblaringizni arzon narxda xarid qiling
• Yaqinlaringizni ma’naviy sovg‘a bilan quvontiring
• Kutubxonangizni boyiting — aksiyada har bir kitob qimmatga emas, qadrga ega!
Aksiya muddati: faqat hayitning dastlabki 3 kuni
Manzil: “Novza” masjidi yonida.
Murojaat uchun: +998946063540
Forwarded from Founder
"Walt Disney" kompaniyasini 2005 yildan beri (20 yil) boshqarib kelayotgan CEOsi Bob Igerning muvaffaqiyat va boshqaruv printsiplari:

1. Qiziquvchan bo'ling. Muvaffaqiyatli bo'lish uchun juda muhimdir

2. Halollik hamma narsadan ustun

3. Samimiy va haqiqiy bo'ling. O'zingizdan boshqa insonni yasamang.

4. Mukammallikka intiling

5. Adolatli bo'ling va ochiq tan olingan xatolar uchun ikkinchi imkoniyat bering

6. O'zingizning xatolaringiz uchun javobgarlikni o'z zimmangizga oling

7. Qachon qaror qabul qilish kerakligini biling va tezda harakat qiling (Be decisive)

8. Halollik va ochiqlik uchun xavfsiz muhit yarating. Shunda jamoa a'zolari sizga yomon xabarlarni yetkazishdan qo'rqishmaydi.

9. Optimistik bo'ling. Bu odamlarni ilhomlantiradi. Insonlar pessimist liderni ortidan ergashishni istashmaydi.
Buyurtma №1080#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Andijonda yashaydigan frontend dasturchi sherik kerak
📝 Vazifa: Reactjs, Tailwindcss & Fullstack dasturchi kerak. Loyihalar qilgani ish onlayn haftada korishamiz vaqtini ish uchun ajratishi kerak API bilan ishlay olishi kerak. Nodejs ni ham bilsa yaxshi. Telegramdan yozing @manager_weebdevs
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Разработкасайтов #Сайтподключ
Buyurtma №1081#aktiv
👨‍💻 Mavzu: PHP da yozilgan telegram botga qoʻshimchalar kiritish
📝 Vazifa: Game botni userbotlar orqali oʻynashga yechim kerak. tez, oson, arzon keak
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Telegrambotlar
Buyurtma №1082#bajarildi
👨‍💻 Mavzu: Phuket turlariga oid landing sahifa uchun dizayn tayyorlash
📝 Vazifa: Sayt unchalik katta emas — oddiy, bir sahifalik, chiroyli landing page bo'ladi. Dizaynerdan boshqa saytlarning qismlarini nusxa qilmaslik, balki o‘ziga xos fantaziyasi bilan noldan tayyorlashi talab qilinadi. Tajribalari ko‘proq bo‘lgan, mustaqil ishlay oladigan mutaxassislar izlanmoqda. Tayyor dizayn trendlari va brending tamoyillaridan xabardor bo‘lishi kerak. Faqatgina portfolio va tajribasi kamida 2 yil bo‘lganlar murojaat qilsin.
Portfolio va taklifingizni kutib qolamiz.
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda
📥 Murojaat uchun: *******

#webdizayn #landing #saytdizayni #uxui #figma
Forwarded from Aziz Rahimov
Ravshan hozir o'z agentligini ochgan. Podkast qilyapti. Tadbirkorlar jamiyatini yiqqan.

Abror Umidjon Eshmuhammedov akamiz loyihalarida CEO bo'lib ishlayapti.

Rustam Registon maktablarida yangi filiallarni mustaqil ochayapti.

Abdulloh bilan maktabda sherikmiz.

Shamshod o'zining marketing agentligini boshlagan.

Jamoamizda ishlaganlar shunday tez o'sib ketadimi, yoki tez o'sadiganlarni topib olamizmi, bilmadim.

Bu o'z ichimizdan joy topib bera olmagan yigitlarimiz. O'zimizdagilar ham yaxshigina rivojlanishyapti.

Yangi loyihamiz uchun shogirdlar qidiryapmiz. Mustaqil ishlaydi. Vazifamiz faqat o’stirish. Menejerlik tajribasi bo’lishi kerak.

Qiziq bo'lsa topshirib ko'ring -> @RahimovSchool_jbot (qaynoq bo'sh ish o'rinlarini tanlang)
YETAR!
Oxirgi ikki oyda «tushib qolgan» tanishlarim soni 6 taga yetdi. Birov 35,000$, yana bittasi 28,000$, 20,000$, bittasini ukasi 14,000$ yana ikkitasi taxminan 8,000$dan “yegan”.
Dubaydagi oynani tagidan turib o‘zicha “prognoz” qiladi. Qimmat narsalarni olganini aytadi. Mayning-fermalarni ko‘rsatadi. (Rus “treyderlar” va «kriptochilarni» 90% shablon videosi shu ekan). Nafsi buzuqlar uni “bashoratini” sotib oladi, ikki uch marta “foyda” ni ko‘rsatadi, oxiri uyini sotib kredit olib borini topshiradi.
🚫 O‘zbek segmentidagi ehtimollikka asoslangan, “treyder”, «kripto-guru», “investor” va boshqa spekulyant “ekspertlarning” aksari FIRIBGAR. Sizga o‘rtacha tikgan pulingizga nisbatan 5-10% dan ortiq foyda vaʼda qilyaptimi? QOCHING, BLOKLANG.
🚫 Motivator sifat yoki o‘zicha «muvaffaqiyatli inson» sizni yangi Investorlik “sxemasiga” taklif qilyaptimi? ORQAGA QARAMASDAN QOCHING, BLOKLANG.
🚫 Sizga kelajakdan gapirib, pul sohasida bashorat qilib «oshadi, tushadi» deyaptimi? QOCHING, BLOKLANG.
Harvard iqtisodchisi Jon Kenet Galbreyt aytgan: “Bashoratchilar ikki xil bo‘ladi: bilmaydiganlar va bilmasligini ham bilmaydiganlar.”
🚫 HAMMSIDAN QOCHING, BLOKLANG!
Manimcha bu haqida alohida bitta video qilaman shekilli. Kim bilsin.
🔺 Postni tarqating, odamlarni pulini saqlaylik.

- Xurshid Maroziqov

@Teamwork_uz
Forwarded from Samira Latipova - Growth
Soft skills’ni rivojlantirish uchun 7ta amaliy tavsiya

1. Tinglash qobiliyati va empatiya
TED Talk: “5 Ways to Listen Better”

2. Feedback so‘rash va berish
Mashq: Har hafta bir yaqin hamkasbingizdan: “Menda nimani yaxshilash mumkin?” deb so‘rang.

3. Jamoada ishlash
Film: Moneyball – (jamoa strategiyasi haqida)

4. Stressni boshqarish
Mashq: “Box breathing” texnikasi haqida

5. Konfliktlarni hal qilish
TED Talk: “How to Disagree Productively”

6. Ommaviy nutq (Public Speaking)
Mashq: Har oy mini-prezentatsiya tayyorlab do‘stlar/hamkasblar oldida chiqish qiling.

7. Muzokara olib borish (Negotiation)
Kitob: Never Split the Difference

@latipovasamira
Buyurtma №1077 — #aktiv
👨‍💻 Mavzu: Орнамент расмларини қайта чизиш
📝 Vazifa: Pinterest'дан берилган калит сўзлар бўйича орнамент расмларини топиш, файлларни юклаб олиш ва уларни .dfx форматига қайта чизиш.
Taqdim etiladigan format: .dfx
Ornaмент расмларининг аниқлиги ва сифатига эътибор бериш керак
🕛 Muddati: Келишилган ҳолда
💰 Narxi: Келишилган ҳолда
📞 Bog‘lanish: +998901312441
📩 Telegram: +998901312441
#дизайн #фриланс #орнамент #чизиш #DFX

@teamwork_uz
Buyurtma №1082#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Android TV ilovasini Play Marketga joylash
📝 Vazifa: Bizning kino portalimiz uchun ishlab chiqilgan Android TV ilovasini Play Marketga joylash ishlarini bajaradigan tajribali freelancer izlayapmiz. Ilova tayyor, testdan o‘tgan va barcha kerakli materiallar mavjud.

Vazifalar:

- Android TV ilovasini Goo...
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Mobililovalar
Forwarded from Paiziev24
Бизда ишлаётган дастурчиларга ҳавасим келади — улар жуда кучли СТО Беҳзод билан ишлаб, ҳақиқий кучли мактаб олмоқдалар. Бу даражадаги СТОларни Ўзбекистонда топиш жуда қийин. Ўзим ҳам ундан кўп нарсалар ўрганаман.

Энди иш бошлаётган ёшларга маслаҳатим:
карьерангизнинг бошида пулдан кўра, ким билан ишлаётганингизга кўпроқ эътибор беринг. Сизга берилаётган маошдан ҳам муҳимроғи — олаётган билим ва тажриба. Чунки ана шу билим ва тажриба узоқ муддатда энг катта қийматни беради.

Ўзбекистонда дастурчиларга қўйиладиган талаблар нисбатан пастроқ бўлгани учун позиция инфляцияси кузатилади.

Яъни, Ўзбекистон стандартлари бўйича “Senior” деб аталадиган дастурчилар, Беҳзод даражасидаги мутахассис учун аксарият ҳолларда “Middle” сифатида қабул қилинади. Куп “Middle” лар “Junior” сифатида.

@paiziev24
Buyurtma №1083#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Nestjs da tayyorlangan online ta'lim platformasiga payment qismini qo'shib berish kerak
📝 Vazifa: darstop.com startup loyihasiga o'quvchilar kurs uchun to'lov qilish qismlarini joriy qilish bo'yicha NestJs mutaxassisi kerak. Payment qismi bir loyihamizda ishlab turibdi, shu yerdan shu startup loyihamizga olib o'tish kerak.
👨‍💼 Murojaat: @teamwork_support
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Backenddasturlash
Москвада ўқирдим. Бир куни ўртоғим "Иш топдим, гаплашиб келайлик" деди. Бордик, катта офис, кутиб турибмиз коридорда. Бир Кавказлик чиқиб "Ишга ким келган?" деди. Мен, деди ўртоғим. Менам девордим)
Ичкарига кирдик. Ходимлар, стуллар, документлар... Хуллас "Нормальный жойга ишга киряпмиз экан" деб хурсанд бщлишга арзийди. Мен бир озарини, ўртоғим русни олдига ўтирдик.
Суҳбат бошлади: Ўқийсанми, иш графиги ўқишингга мослаб берилади. Чекиш мумкин. Расмий стаж кетади. Тушлик берилади. Ҳафталик иш ҳақи олсанг бўлади. Кунлик иш ҳақи: 3500 рубл
Кейин паспортни МВДдан текширди, тоза чиқди. Қанақадир иловаларда профиллар очилди. Ҳужжатлар учун 10 000 рубл тўлов қилиш керак экан. Пулимиз йўқлигини билгач "Ўзимиз тўлаб юборамиз, ишга чиқиб тўлайверасизлар кунига 1000 рублдан" деди. Биз ҳам хурсанд, телефонни сўраса, берибмиз. Қўл қўй деса, қўл қўйибмиз. Қўлимизга бир даста қоғозни олиб қайтдик. Оғиз қулоқда.
Келдик ётоқхонага, қолганларга роса мақтандик. "Ўша ишга бизниям олиб бор" деса, кейинроқ дедик. Улар афсусланди бирга бормаганига. Ва яхшиям бормаган экан.
Кечга хонада анави қоғозларни ўқиб ўтирсам, ҳаммаси маълум бўлди. Улар шунчаки бизни 10 000 рублга туширибди. Профил очилган илова шунчаки ОЛХ га ўхшаш илова экан, мустақил ўтиб, иш топса бўлар экан.
Ҳисоб-китоб ҳам ажойиб
Консултация: 3500 рубл
Профил очиш: 2000 рубл
Паспортни МВДдан текшириб бериш: 2000 рубл
3 та иш ўрни топиб бериш: 2500 рубл
Орадан 2 кун ўтиб Ватсапдан пдф файл жўнатишди. Очиб қарасак, ўша иловадан олинган 3 та иш ўрни. Униям биттаси Петербург, биттаси Самарада. Биз Москвада ўқиймиз
Телефон қилдик, тушунтирдик, арз қилдик ва "Шартномани яхшилаб ўқиб чиқ" деган жавобни олдик. Шундагина шунчаки аҳмоқ бўлагнимизни билдик. 2 ҳафтадан кейин Золотая Коронадан телефон қилиб, номимизга олинган 10 000 рубл қарзни фоизи билан тўлашимиз кераклигини айтишди. (Пулимиз йўқ деганимизда, телефонимизни олиб, номимизга қарз олиб, ўзларига ўтказиб олган экан)
Тўладик...
Шундан кейин бирор марта паспортимни бировни қўлига бермадим (милициядан ташқари). Телефонимни эса милицияга ҳам бермадим. Мусофирликда шунақа воқеалар ҳам бўлган

Nurbek Yuldoshev

@teamwork_uz
LOYIHA MENEJERI KERAK! (Project Manager)
📍 Ish joyi: Toshkent Dushanba – Shanba
💼 Agentlik: OKS Technologies
💰 Oylik: 8 000 000 – 15 000 000 so‘m
OKS Technologies – IT outsourcing, ERP va AI echimlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan agentlik. Mijozlarimizga yuqori darajadagi texnologik yechimlarni tezkor, aniq va tizimli tarzda yetkazish uchun jamoamizga kuchli loyiha menejeri kerak.
Sizdan kutamiz:
Kamida 2 yillik tajriba loyiha menejeri sifatida (IT sohasida)
Agile, Scrum va Scrumban metodologiyalarini chuqur bilish va real loyihalarda tatbiq qila olish
Kuchli analitik fikrlash va murakkab IT loyihalarni boshqarish ko‘nikmalari
Mas’uliyatni his qilish va o‘z vaqtida qaror qabul qilish qobiliyati
Muloqotga ochiqlik va jamoani motivatsiya qilish qobiliyati
Jira, Trello, ClickUp yoki boshqa project management vositalarida ishlash tajribasi
Deadline’larni boshqarish va mijozlar bilan tizimli aloqada bo‘lish
Afzallik sifatida ko‘riladi:
Texnik tafakkurga ega bo‘lish (Dev yoki QA tajribasi bo‘lsa — zo‘r!)
Ingliz tilida muloqot qila olish darajasi (Intermediate va undan yuqori)
Nima taklif qilamiz?
🎯 Professional o‘sish va murakkab, ammo qiziqarli loyihalarda ishtirok etish
🌱 O‘z sohasida kuchli jamoa bilan ishlash
🚀 Agile madaniyati, ochiq muloqot va natijaga yo‘naltirilgan muhit
💸 Barqaror oylik va bonus tizimi (Loyihaning bir qismi muvaffaqiyatli tugallagani uchun)
Bonus va maosh tizimi qanday ishlaydi?
Sizga berilgan loyihani sizning ishtirokingizda bir necha katta bosqichlarga bo’linadi va xar bir bosqish muvaffaqiyatli yakun tops ava mijoz uni qabul qilsa sizga bosqichlik bonus tizimi orqali belgilangan moliyaviy mukofotlari taqdim etiladi.
Oylik maosh siz bilan suhbat qurganimizdan so’ng bilimingiz, tajribangiz va qobilyatlaringizga qarab belgilanadi va oylik maosh har 8 oyda 10%ga oshirib boriladi, agarda 8 oy Ichida bilimngiz sezilarli darajada o’ssa unda bu foiz o’sishi mumkin!
Qanday murojaat qilish mumkin?
📩 Rezyume va qisqacha motivatsion xatni [email protected] manziliga yuboring yoki Telegram orqali @hroks ga yozing.

@teamwork_vacancy
Teamwork.uz (фриланс площадка)
LOYIHA MENEJERI KERAK! (Project Manager) 📍 Ish joyi: Toshkent Dushanba – Shanba 💼 Agentlik: OKS Technologies 💰 Oylik: 8 000 000 – 15 000 000 so‘m OKS Technologies – IT outsourcing, ERP va AI echimlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan agentlik. Mijozlarimizga…
Платформамизга ва ниҳоят вакансиялар ва резюмелар бўлимини қўшмоқчимиз, унгача каналини очдик, аъзо бўлиб қўйинглар манфаъатли қилсин!
2025/06/14 04:49:25
Back to Top
HTML Embed Code: