Telegram Web
Buyurtma №1066#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Google Sheetni biladigan buxgalter kerak!
📝 Vazifa: Tavsif:
Bizga Google Sheets’dan yaxshi foydalanadigan tajribali buxgalter kerak. Asosiy vazifa – mijozlar uchun doimiy onlayn hisobotlarni tayyorlash va ularga yetkazib borish. Ish masofaviy (onlayn) amalga oshiriladi, lekin Farg‘onada yashovchilar afzalroq.

Talablar:

Buxgalteriya va moliyaviy hisobot yuritish bo‘yicha tajriba
Google Sheets’dan samarali foydalanish ko‘nikmasi (formulalar, pivot jadvallar, avtomatlashtirish)
Hisobotlarni doimiy yangilab borish
Mas’uliyatlilik va aniqlik
Afzal jihatlar:

1C yoki boshqa buxgalteriya dasturlarini bilish
Farg‘onada yashash
Murojaat uchun: 901640064
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #buhgalteriya
Forwarded from Allaev Uz
Biznes bu faqat pul haqida emas.


Bu kunni xuddi kechagidek eslayman. Biz kichik oilaviy restoranda avtomatlashtirish tizimini o‘rnatishni endigina tugatgan edik. Uy egasi, istarasi issiq keksa kishi, yangi kassadan olingan chekni ancha vaqt qo‘lida aylantirib turdi-da, to‘satdan sekin dedi:

— Rahmat. Endi uyga ertaroq qaytishim mumkin bo‘ladi.

U nimani nazarda tutayotganini darhol anglamadim. Ma’lum bo‘lishicha, bizning tizimimizdan oldin u har kuni kechqurun kalkulyator bilan o‘tirib, tushumni solishtirar, buyurtmalarni tekshirar, ofitsiantlar qayerda xato qilishi mumkinligini o‘ylar ekan. Endi esa bu soatlar hisobotdagi raqamlar emas, balki oila davrasida o‘tkaziladigan vaqtga aylandi.

O‘shanda men birinchi marta chinakamiga his qildim: biznes bu faqat pul degani emas ekan.

💡 Pul — bu vosita. U imkoniyatlar beradi, lekin ma’no bag‘ishlamaydi. Ma’noni odamlar yaratadi.

Biz tizimni joriy etayotgan har bir restoranda men shunchaki texnika va dasturiy ta’minotni emas, balki taqdirlarni ko‘raman.
— Kafesiga barcha jamg‘armalarini sarflagan va u do‘stlar uchrashadigan joyga aylanishini orzu qilayotgan yosh er-xotin.
— Jamoa uchun qayg‘uradigan va xodimlar uchun ishni yengillashtirmoqchi bo‘lgan menejer.
— Mijoz 10 daqiqa navbatda turib qolmasdan, mukammal kapuchino olishi muhim bo‘lgan barista.

Biznes — bu kimningdir hayotini qanday o‘zgartirish mumkinligi haqida. Ba’zida bu global narsa, ba’zida esa bitta odam uchun uyga ertaroq qaytib, farzandlarini bag‘riga bosish imkoniyatidir.

Mana shunda — faqat shundagina — pullar sen uchun ishlaydi, sen ular uchun emas.


© Qahramon Shukrjanov
Rkeeper asoschisi

#biznes #mano
@allaevuzb
Forwarded from Samira Latipova - Growth
Product managementda ilk qadamlarda men qilgan 5ta xato

1. Foydalanuvchilar bilan muloqot qilmaganman

Mahsulotimiz foydalanuvchilari kimligini, ularning ehtiyojlari va muammolarini tushunmaganman. Men faqat taxminlar va noto‘g‘ri farazlar (когнитивные искажения) asosida qarorlar qabul qilganman, bu esa ko‘plab xatolarga olib kelgan.

2. Keraksiz funksiyalarni ishlab chiqishga topshirganman

Bu xato birinchi xatodan kelib chiqqan – product discovery yo‘qligi sababli funksiyalar haqiqatan ham foydalanuvchilarga kerakmi yoki yo‘qmi, tekshirmaganman. Bundan tashqari, ularning biznesga qanday natija olib kelishini ham baholamaganman. Muhimi – jamoani band qilish deb o‘ylaganman…

3. Jamoaning e’tiborini asosiy metrikaga qaratmaganman

Ko‘plab metrikalar va dashboardlar orasida yo‘qolib qolganman. Natijada, muhim bo‘lgan narsaga e’tibor qaratmaganim uchun vaqt va mablag‘ sarflangan, lekin natija kutilgandaka bo‘lmagan.

4. Dasturchilarni mahsulot ustida ishlash jarayoniga jalb qilmaganman

Dasturchilar faqat kod yozishni yoqtiradi deb o‘ylaganman va mahsulotning biznes tomoni ularga qiziq emas deb hisoblaganman. Keyin esa, aksincha, ularni mahsulot va foydalanuvchilar muammolariga yaqinlashtirish mahsulot metrikalarining o‘sishiga olib kelishini tushunganman. Komandaga foydalanuvchilar muammolarini olib kelganman, keyin birgalikda muammolarga yechim topganmiz.

5. Mas’uliyat olishdan qo‘rqqanman va mustaqil qaror qabul qilmaganman

Ilk bosqichda men doim CPO va founder bilan maslahatlashganman, chunki noto‘g‘ri qaror qabul qilishdan cho’chiganman va javobgarlikni ularga yuklamoqchi bo‘lganman.

Keyinchalik, rahbarim: “Xato qilish – bu normal holat. Muhimi – to‘xtab qolmaslik va ko‘proq gipotezalarni tekshirish” - degan.

Tepadagi xatolar juda “og’riqli” bo’lgan. Lekin ular menga katta saboq bo’lgan.

@latipovasamira
Teamwork.uz (фриланс площадка)
Buyurtma №1045 — #aktiv 🎥 Mavzu: Video prezentatsiyalar tanlovi 🔥 Aksiya: Teamwork.uz’dan katta aksiya! 💰 Mukofot fondi: 100.000.000 so‘m 📌 Batafsil ma'lumot: Havola #Tanlov #Video #Mukofot #Teamwork
Millionlik o‘zini taqdim etish

Men kimman (Ism, lavozim)
Mening tajribam (Nima qilaman/Kimga yordam beraman)
Menga kimlar murojaat qiladi (Maqsadli auditoriya)
Nima uchun menga murojaat qilishadi (Ehtiyojlar)
Mening/bizning ishimiz haqida
Natijalar (Nima uchun aynan men, ijtimoiy ishonchlilik dalillari)
Bunday o‘zini taqdim etish portfeliosida bir nechta variant bo‘lishi kerak, har bir holat va auditoriyaga alohida moslashtirilgan holda.

Biz esa haliyam sizni videoprezentatsiyangizni olmadik...

(Odamlargayam hayronsan pul beraman desayam olishmaydi-ya, Bang'illatib tashlamaydimi mutaxasis degani)

@Teamwork_uz
Buyurtma №1072#aktiv
👨‍💻 Mavzu: 3 ta videoni yengil (simple) montaj qilish kerak
📝 Vazifa: Videolar Instagram targeti uchun foydalaniladi, videolar soni 3 ta, turi 2 xil, bitta videoni sal boshqa qilinadi ya'ni oxiriga bitta kadr ulanadi shu bilan bu 3-video bo'ladi. Tezkor. Taklifingizni yuboring. Aloqada bo'lib turing, nomzodligiz maqul bo'lsa Teamwork platformasi orqali buyurtma tuzamiz.
🕛 Muddati: 19.03.2025
💰 Narxi: 300 000 so'm

#AudioVideo #Videomontaj
Buyurtma №1073#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Веб сайт учун дизайн яратиш керак figma.com
📝 Vazifa: Тавсиф:
Бизга веб-сайт учун замонавий ва фойдаланувчи учун қулай дизайн керак. Дизайн Figma.com платформасида ишлаб чиқилиши лозим.

Талаблар:

Замонавий ва минималистик дизайн
Мобил версия учун мослашувчанлик (responsive design)
UX/UI тамойиллариг...
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Sayttayyorlash #Saytdizayni
Buyurtma №1074#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Веб-сайт дизайнини верстка қилиш
📝 Vazifa: Тавсиф:
Тайёрланган Figma дизайни асосида веб-сайтни верстка қилиш керак. Код тоза ва тартибли бўлиши, сайт барча қурилмаларда тўғри кўриниши лозим.

Талаблар:

HTML, CSS (SCSS ёки Tailwind) ва JavaScript орқали верстка қилиш
Адаптив (responsive) ди...
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Sayttayyorlash #Verstka
Buyurtma №1075#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Веб-сайтнинг бек-энд қисмини дастурлаш
📝 Vazifa: Тайёрланган дизайн ва верстка асосида веб-сайтнинг бек-энд қисмини ишлаб чиқиш керак. Маълумотларни сақлаш, фойдаланувчиларни рўйхатдан ўтказиш ва бошқариш, ҳамда API'лар билан интеграция қилиш талаб этилади.

Талаблар:

Backend учун Python (Django/Fa...
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Sayttayyorlash #Webdasturlash
📌 SMM menejer kerak

Vazifalar: SMM instrumentlarini bilish;
Ijtimoiy tarmoqlar uchun kopirayterlik qobiliyatlariga ega bo’lish (postlar, izohlar);
SMM rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va rejalashtirish;
Raqobatchilarni tahlil qilish va natijalarga asoslangan xulosa chiqarish;
Kreativlik va mas'uliyat bilan yondashish.

— Kompaniya: M&A Agency
— Ish turi: Offline. Toshkent shahri
— Talablar: Kamida 2 yillik tajriba; Soft va hard skilllarini rivojlantirgan, kuchli harizmatik mutaxassis bo‘lishi ustunlik beradi; Rus va Ingliz tillarini bilish.
— Maosh: 6.000.000-10.000.000

Murojaat uchun: @ismoilovfz
Buyurtma №1076 — #bajarildi
👨‍💻 Mavzu: Логотип керак!
📝 Vazifa: Кир совун ишлаб чиқарувчи бренд учун тайёрланган логотипни .psd ёки .cdr форматда қайта чизиб бериш керак.

Taqdim etiladigan formatlar: .psd ёки .cdr
Mahsulot turi: Кир совун қутиси учун логотип
📞 Bog‘lanish: +9989**


#дизайн #фриланс #логотип

@teamwork_uz
Taxminan uch oy oldin dizayner tanishimiz Nestoneda bir uy loyihasini ko‘rsatib, barcha mebellarini hisoblab, narxlarini chiqarib berishimizni so‘ragan edi. Agar biz hisoblagan narx mijozga maqul kelsa, ishni tasdiqlatib, to‘liq o‘zimiz bajarishimizni aytgandi. Biz narxlarni hisoblab berdik, lekin mijoz uchun biroz qimmatlik qildi. Uy egasi bizdan ancha arzonroq narx taklif qilgan boshqa mebelchini topganini va biz bilan ishlay olmasligini bildirdi.
Shunda biz, o‘z tajribamizga asoslanib, juda past narx shubhali bo‘lishi mumkinligini, shuningdek, mebelchi bilan shartnoma asosida ishlash maqsadga muvofiq bo‘lishini do‘stona tarzda maslahat berdik.
Kechagina esa dizayner yana bog‘lanib, o‘sha loyihani oxir-oqibat o‘zimiz bajarib berishimizni so‘radi. Sababini so‘raganimizda, mijoz avval tanlagan mebelchi ishni boshlash uchun oldindan pul olib, g‘oyib bo‘lganini aytdi. Ustiga-ustak, ular o‘rtasida hech qanday shartnoma yoki yozma kelishuv ham tuzilmagan ekan.
Bunday holatlar afsuski, juda ko‘p uchramoqda. Shuning uchun har qanday oldi-berdi masalasida yozma kelishuv qilish juda muhim.
Afsuski, firibgarlar sabab odamlar orasida ishonch pasaymoqda. Bunday holatlarga duch kelmaslik uchun hujjatli asosda ishlashni odat qilish kerak. Sizning fikringiz qanday?

Ziyodulloh Kabir

P.S: Bu kabi holatlarda ikkala tomonni kafolatlash uchun Teamwork.uzda xavfsiz kelishuv xizmatimiz bor. Anaqqisa foydalano'raslar.

@Teamwork_uz
Loyihalarda qilinadigan ishlar.pdf
90.9 KB
Albatta har bir loyiha individual, lekin biror narsada marketing qilmoqchi bo'lsangiz bazaviy holatda qilinadigan ishlar ro'yxatini tayyorladim

Cheklist formatida

Yuqoridagi file, saqlab oling foydalaning

Bitta bitta yozib chiqqanman, GPT emas)
Audio
Siz shunchaki scam muhitdasiz

Bilasizlarmi Aura nima? Aura bu muhitdagi atmosfera.

Bir insonni harakteri shakllanishida va uni yangicha fikrlashida eng ko'p nima ta'sir qiladi desa muhit deb aytishingiz mumkin.

Balki bir inson bir yo'nalishda kitoblar o'qib ko'p ilm olar.

Lekin zo'r yuqqan ilm insonda shakllanishi uchun u shu aurada bo'lish kerak.

Yaqinda muvaffaqiyatli o'quvchilarimdan ham so'raganimda, eng ko'p o'sishga sabab bo'lgan narsa bu netvorking, aura, muhit deya javob berishdi.

Rivojlanayotgan joyda siz yoki birga rivojlanasiz yoki xayrlashas.

Eng qizig'i siz muhitni tanlashga imkoniyatiz bor. Har doim sizda tanlov bor.

@janob_marketolog
Buyurtma №1077 — #aktiv
👨‍💻 Mavzu: Орнамент расмларини қайта чизиш
📝 Vazifa: Pinterest'дан берилган калит сўзлар бўйича орнамент расмларини топиш, файлларни юклаб олиш ва уларни .dfx форматига қайта чизиш.
Taqdim etiladigan format: .dfx
Ornaмент расмларининг аниқлиги ва сифатига эътибор бериш керак
🕛 Muddati: Келишилган ҳолда
💰 Narxi: Келишилган ҳолда
📞 Bog‘lanish: +998901312441
📩 Telegram: +998901312441
#дизайн #фриланс #орнамент #чизиш #DFX

@teamwork_uz
Computer Vision эксперты wanted

Кто умеет что-то такое (в идеале подобные проекты в портфолио с крупными заказчиками):
"Computer vision solutions to automatically track inventory levels that could potentially replace manual scanning with cameras by using ML models".

Напишите.
"Confidence" – “O’ziga bo’lgan ishonch” O‘zbeklar uchun muhim bo‘lgan yo‘qotilgan ko‘nikma
Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbek millatiga, qora ko‘zlarimizga qarata haqoratli so‘zlar ishlatilayotganining guvohi bo‘lyapmiz. Bu juda og‘riqli va tashvishli holat. Hammamiz e’tiroz bildiryapmiz, nega mutasaddilar bunga munosabat bildirishmayapti, nega bu masala ko‘tarilmayapti deya?
Ha, bu haqiqatan ham muhim savol.
Lekin, masalani chuqurroq o‘ylab ko‘rsak, bu bir "oqibat". Har qanday oqibat esa bir "sabab" ortidan keladi. Asl sabab nima? Nega bizga boshqacha qarashmoqda?
O‘z kuzatishlarim va tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, bizga o‘ziga bo‘lgan ishonch ingilizcha qilib aytganda – “CONFIDENCE” o’ziga bo’lgan ishonch va mas’uliyat yetishmaydi!
- O‘zini erkin va to’g’ri tutish
- Erkin suhbatlashish
- G‘ururini, sha’nini himoya qilish
- Haqqini talab qilish
- Vaziyatlarga to’g’ri baho berib farosat bilan yondoshish
- Har qanday ishga mas’uliyat bilan yondoshish
Bu ko‘nikmalar yetishmagani uchun bizni boshqalar boshqacha qabul qiladi. Chet elga ilk safarimda, 18 yoshimda, bu haqiqatni yaqqol ko‘rdim. Qora ko‘zlarimizga past nazar bilan qaralganiga guvoh bo‘ldim. Bu qattiq og‘riq bo’ldi. Lekin yillar davomida angladimki: chet elda o‘zini hurmat qildira olgan o‘zbeklar ham talaygina! Ularning bitta asosiy jihati bor edi – CONFIDENCE.
Allohning fazli bilan necha yil chet elda istiqomat qilgan bo’lsam, biror martta ham bizga past nazar yoki hurmatsiz muomila bilan murojaat qilishmagan Alhamdulillah. Albatta Allohning fazlidan va biroz suhbat orqali tanigandan keyin.
CONFIDENCE deganda nimani tushunish kerak?
Ko‘pchilik bu so‘zni faqatgina "o‘ziga ishonch" deb tarjima qiladi. Xa bu to’g’ri tarjima. Lekin aslida bu faqat ichki ishonch emas, balki tashqi ko‘rinish, muomala va hayot tarzi bilan ham bog‘liq. Confidence – o‘ziga ishonish, o‘zini munosib tutish va boshqalarga o‘z qadrini ko‘rsata olish san’ati!
Uyg‘un tana tili va ishonchli turish
Gapirish uslubi – qat’iy lekin hurmat bilan
Har qanday holatda o‘zining qadr-qimmatini saqlash
Suhbatda dominant bo‘lish, fikrini ochiq bildirish
O’z haqqini talab qilishni bilish
O‘zini doim rivojlantirishga harakat qilish
Agar biz shularni rivojlantirmasak, oqibat yana o‘sha: boshqalar bizni qanday ko‘rishni xohlasa, shunday qabul qiladi. O‘zimiz esa o‘z o‘rnimizni topa olmaymiz.
Shu sababdan CONFIDENCE mavzusida yangi rubrikani boshlayapmiz insha Alloh. Endilikda ijtimoiy tarmoqlarda bu borada foydali kontentlar, postlar va video materiallar chiqib boramiz.
Maqsad – millatimizga ushbu yo‘qotilgan ko‘nikmani qaytarish!
Biz aslida buyuk millat bo’lgan, ko’plab qahramonlar yetishtirgan va dunyoga o’z so’zini ayta olgan millat va davlatmiz. O’zligimizga qaytish vaqti keldi!

Ali Muhammad Hasan
@Teamwork_uz
Forwarded from Bektosh Khatamov
Масштабга ўтиш.

Жуда ҳам кўплаб компаниялар бир бозордан иккинчи бозорга ўтиш учун ҳаракат қилишади, бизнесда компаниялар доимий равишда ривожланиб боришга мажбур, масштаблаштириш эса ана шу ривожланишнинг бир бўлаги ҳисобланади.

Компанияни масштаблаштириш жараёнига олдин жуда пухта тайёргарлик кўриш лозим. Баъзан компанияни масштаблаштираман деб тадбиркор бир бизнесдан бошқа бизнесга ўтиб кетиб қолганини билмай қолишади, масалан, қурилиш компанияси бетонни ўзимга арзонроқ чиқараман деб бетон завод қуриб олади, лекин аслида бетон завод умуман бошқа бизнес эканлигини, уни бошқариш учун алоҳида жамоа ва мутахассислар керак эканлигини ярим йўлга борганда тушуниб қолади.

Бизнесни масштаблаштириш учун қуйидаги муҳим қадамларни бажариш керак:

1. Бозор тадқиқотини ўтказиш – Янги бозор ёки сегментга киришдан аввал, талаб, рақобат ва трендлар ҳақида чуқур таҳлил қилинг. Ҳозирги шароитларда бу унчалик қийин эмас, сунъий интеллект орқали анча чуқур таҳлиллар қила оласиз, ҳа, айтганча бизнесингизда имкон борича сунъий интеллектни қўллаш жараёнини бошланг.

2. Мижоз базасини кенгайтириш – Янгидан мижоз жалб қилиш ва мавжуд мижозларни сақлаб қолиш стратегияларини ишлаб чиқинг (масалан, маркетинг кампаниялари, бонус тизимлари), бу жуда муҳим жараён ҳисобланади, бир лойиҳага киришишдан олдин унинг маркетинг таҳлилини, яхши маркетологлар, бизнес аналитиклар билан бонуслар тизимини маслаҳатлашиб олинг. Бу жараёнда пулни аяманг, фақат профессионаллар билан ишланг.

3. Маҳсулот ёки хизматларни диверсификация қилиш – Янги маҳсулотлар ёки хизмат турларини жорий этиш орқали янги бозорларга чиқиш, яъни мавжуд маҳсулотнинг ичида янги хизмат таклиф қилиш сотув ва фойдани каррасига кўпайтиради. Масштаб деганда фақат янги лойиҳа тушунилмайди, аксинча мавжуд мижозларга қўшимча хизмат ва маҳсулотлар таклиф қилиш ҳам масштабга олиб чиқади.

4. Сифатни ошириш ва инновация – Маҳсулот ёки хизмат сифатини яхшилаш, янги технологиялар жорий этиш. Бизнес ҳеч қачон бир жойда туриб қолмаслиги керак, у доимий ўзини ўзи янгилаб бориши керак, керак бўлса, ўзингиз яратган янги маҳсулот эски маҳсулотни ўлдириши керак. Apple компанияси бир пайтлар iTunes чиқариб миллионлаб доллар фойда келтириб турган iPod плейерларини ўлдириб юборган эди.

5. Ҳамкорлик ва шерикликлар – Бошқа компаниялар билан ҳамкорлик қилиш орқали янги имкониятларга эга бўлиш. Турли корхоналар билан ҳамкорлик қилиш имкониятини қидириш керак, барча ишни ўзингиз қила олмайсиз, қила олган тақдирда ҳам бу сизга қимматга айланиши мумкин.

6. Молиявий режалаштириш ва инвестиция – Кенгайиш учун зарур бўлган сармояни аниқлаш ва унга етишиш стратегиясини белгилаш. Ўзи маълум бир мақсадга аниқ етиш учун қанча пул керак ва қанча пул бўлса, етишиш мумкин деган саволга тадбиркор сифатида аниқ жавоб бера олишингиз керак.

7. Талантларни жалб қилиш – Махсус билим ва кўникмаларга эга ходимларни ёллаш орқали компания имкониятларини кенгайтириш. Сифатсиз, профессионал бўлмаган кадрлардан тежалган пул албатта катта ютқизишлар билан бошқа хатолар билан чиқиб кетади. Мутахассисга пулни аяманг, у албатта ўзини оқлайди. Айнан мутахассисни қандай аниқлаш ва уни қандай ишга олиш кераклиги ҳақида кейинги постларимда хабар бериб бораман.

@bektoshkhatamov
Forwarded from Bektosh Khatamov
Кутишдан тўхтанг.

Мен кўп инсонлар билан бирга ишлайман, улар орасида турли касб эгалари бор, мен кўпроқ муваффақиятли инсонларни кузатганимда уларни қандайдир умумий жиҳатларидан яққол кўзга ташланадиган жиҳати шуки: улар ҳеч кимдан ҳеч нарса кутмайди.

Яъни кимнингдир у учун нимадир қилишини кутмайди, давлатдан нимадир келишини, давлатнинг уларга нимадир қилиб беришини, ишхонанинг уларга нимадир қилиб бериши, бошлиқнинг унга қандайдир ёрдам беришини, қулай вақт келишини, имконият пайдо бўлишини, хуллас умуман ҳеч кимдан ҳеч қачон ҳеч нарса кутмайди…

Ҳа, айнан шунақа инсонлар учун муваффақият эшиклари очилади деб ўйлайман, чунки бу инсонлар муваффақият эшигини қидириб вақт сарфлашмайди, улар эшикни ўзлари ясаб қўя қолишади.

Кутишдан тўхтаб ўзингиз яратувчанликни бошлаган кунингиздан бошлаб ҳаётингиз ўзгаришни бошлайди.

@bektoshkhatamov
“Pul jamg‘arolmayman”, “qarzlarim ko‘payib bormoqda” – odam o‘zida moliyaviy savodxonlikni qanday rivojlantirishi mumkin?
Hech kimda patalogik moliyaviy savodxonlik yo‘q, lekin inson uni o‘zida amaliy bilim sifatida rivojlantirib borishi mumkin.
Istalgan moliyaviy maqsadlarga erishish (uy, mashina sotib olish yoki biznes faoliyatini boshlash, pul jamg‘arish) uchun sizda daromad topish, sarflash, tejash, qarz olish va berish ko’nikmalari yaxshi rivojlangan bo‘lishi lozim.
Moliyaviy farovonlik sizning to‘lovlaringizni to‘lash yoki turmushingizni yaxshiroq qilish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lish, favqulodda vaziyatlarga pul jamg‘armasining bo‘lishi, qarz olishga ehtiyoj bo‘lmasligi kerakligini anglatadi.
Moliyaviy savodxonlik darajangizni o‘zingizga quyidagi savollarni berish orqali aniqlab olishingiz mumkin:
1. Qarzlaringiz va kredit bo‘yicha majburiyatlaringizni qisqartirishga intilasizmi?
2. Kredit reytingizni bilasizmi?
3. Аsosiy darodmadlaringiz va xarajatingiz aks etadigan oylik byudjet hisobini yuritib borasimi?
4. 3-6 oylik hayotingiz uchun qancha mablag‘ sarflashingizni hisoblaysizmi?
5. Moliyaviy himoya yostig‘ingiz bormi?
6. Kommunal to‘lovlarni o'z vaqtida to‘lab borasizmi?
7. Sarmoya kiritish va sug‘urta o‘rtasidagi farq nimada ekanini tushunasizmi?
8. Qanday sug‘urta turlari jamg‘arma va sarmoyalaringiz xavfsizligini kafolatlashini bilasizmi?
9. Soliqlar hisoblanishi mexanizmidan xabardormizsiz?
10. Murakkab foizlar qanday tartibda ishlashi va ularning sarmoyangiz ko'payishidagi ahamiyati haqida bilasizmi?
Ekspertlarning fikricha, inson moliyaviy farovonlikda yashashi uchun olti tamoyilga amal qilishi kerak.
1. Oilaviy byudjetning bo‘lishi. Har oydagi kirim va chiqimlarni inobatga olib oldindan byudjet shakllantirish maqsadga muvofiq. Katta xarajatlaringiz uchun oldindan reja tuzish va shunga qarab pulni yo‘naltirish arzonroq va mavjud versiyada emas, balki o‘zingiz xohlagan shaklda katta xaridni amalga oshirish uchun imkon beradi. Yana bir tavsiya, qimmat narsalarni olishni chegirma kompaniyalari, turli xil aksiyalar davrida amalga oshirish maqsadga muvofiq.
2. Qarzlarni boshqarish. Mutaxassislarning fikricha, inson moliyaviy mustaqilikka erishmasdan oldin qarz olmasligi kerak. Chunki qarz moliyaviy barqarorlikka erishishda eng katta to’siqlardan biridir. Albatta, hamma “nol qarz” ga yetishishni xohlaydi, lekin ko’pchilikda kredit bor. Aynan shu vaziyatda kredit to’lovlarini o’z vaqtida, oyma-oy to’lab borish vaziyatni chigallashtirmaydi.
3. Omonat va investitsiyalarga ega bo‘lish. Buning uchun sizda chiqimdan kirim miqdori ko‘p bo‘lishi kerak. Shundagina bankda omonat puli saqlashingiz yoki o‘zingiz ishongan istiqbolli loyihalarga investitsiya kiritishingiz mumkin.
4. Sug‘urta qilish. Siz o’z hayotingizni ehtimoliy falokatlardan sug’urta qilishingiz ham foydadan holi emas. Chunki ertaga nima bo’lishini hech kim bilmaydi.
5. “Xavfsizlik yostig’i” ga ega bo’lish. Mutaxassislarning fikricha, bu jamg’arma 3 yoki 6 oylik ish haqiga teng miqdorda bo’lishi kerak.Iqtisodchilar mablag'ning bir qismini milliy valyutada, yana bir qismini esa dollarda saqlashni maslahat berishadi. Bu bilan o‘zingizni to‘satdan yuz beradigan inflyatsiyalar va moddiy tanglikdan asragan bo‘lasiz. Аgar imkoni bo‘lsa, pulingizni bankda foizli omonat tarzida saqlang. Birinchi usul pensiyangizga qo‘shimcha jamg‘arma va muhim ehtiyojlar (masalan, kutilmagan tibbiy xarajatlar) uchun zaxira yaratishga imkon bersa, ikkinchi usul — kafolatlangan daromad jamlanishini kafolatlaydi. Shunchaki ko‘ngilxushlik keltiruvchi xaridlar uchun jamg‘armangizdan pul sarflamang, sarflanganlari o'rnini tezroq to‘ldirishga intiling.
6. Xaridlarga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartiring.
Ba’zan hatto byujdetni mayda-chuydasigacha rejalashtirib qo’ygan bo'lsak-da, beixtiyor yuz beradigan xaridlardan o’zimizni tiyolmay qolamizmiz — bunga reklama, marketing, ruhiy holatimiz va boshqa omillar sabab bo’ladi. Biroq, har qanday qoyilmaqom brend reklamasi va miyamizdagi oniy xohishlarimizga bandi bo‘lishdan asraydigan bir nechta usullar ham bor.
1. Xaridni ko‘ngligizni ko‘tarish chorasiga aylantirmang — xursandchilik keltiruvchi boshqa manbalarni izlang. Masalan, Savdo markazidagi sayrni xiyobon yoki muzey bo‘ylab sayrga almashtiring, xushbo‘y vanna qabul qiling, yoqtirgan asaringizni qayta o‘qing va hokazo.
2. Do‘konda yoqtirib qolgan buyumingiz chindan ham sizga hozir zarurmi-yo'qmi, —xariddan oldin shu haqda o‘ylab ko'ring. Xaridni 24 soatga, yaxshisi — bir necha kunga kechiktiring. Vaqt o‘tishi bilan bu xarid uchun pul sarflash shartmi yoki yo‘qmi, bir qarorga kelish osonroq kechadi.
3. Xarid qilmoqchi bo'lgan buyumingizni zaruratlik darajasini bilish uchun “notanish odam” testidan foydalaning. Tasavvur qiling, sizga bu buyumni tekinga berishmoqchi yoki uning narxiga teng pulni olishni taklif qilishmoqda. Аgar siz ikkinchisini tanlasangiz, demak bu buyum sizga kerak emas.
Kam daromadli, lekin yuqoridagilarning barchasiga amal qilgan odamlar o‘zi va oilasi uchun farovon hayotni ta’minlay olishi, o‘zini biror narsadan cheklashiga zarurat qolmasligi ko‘p bora isbotlangan.
Ekspertlarga ko‘ra, moliyaviy savodli odamlarning sog‘ligi savodxon bo‘lmaganlarnikida ancha yaxshi bo’ladi. Chunki ular uyqu sifatiga, zararli odatlardan cheklanishga, favqulodda vaziyatlar uchun pul jamg‘arishga jiddiy e’tibor qaratishadi.
Dunyo, O‘zbekiston iqtisodiy inqirozga kirib bormoqdami?
Shu bilan birga, insonlarning moliyaviy jihatdan savodsizligi nafaqat shaxsiy farovonlikka, balki, butun moliyaviy sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ham unutmaslik kerak. Sababi, oxirgi yillarda keng avj olayotgan kiberjinoyatlarning tub negizi ham aynan moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi bilan chambarchas bog’liq. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-2023-yillar mobaynida O‘zbekistonda kiberjinoyatlarning 27 foizga oshgani muammoning naqadar jiddiylashib borayotganini ko‘rsatadi.

Vatandosh TV

@Teamwork_uz
2025/06/14 20:07:45
Back to Top
HTML Embed Code: