Telegram Web
RJ-45 uylari

Bu uyni tarmoq administratori loyihalagan bo'lsa kerak 😂

@tarmoq_tizim
👍5
Tarmoqchilarning bayram uchun bezatgan archalari

@tarmoq_tizim
📕 Najot ilmdadir

Siz ilm-fanga va turli xil qiziqarli faktlarga qiziqasizmi? Aynan shu mavzuda o‘zbek tilida faoliyat yurituvchi @qiziqfan kanalimizni tavsiya etamiz. Har kuni o‘zingiz uchun bu dunyoning siz bilmagan ilmlaridan boxabar bo‘ling, qiziqarli fakt va maʼlumotlarni kuzatib boring. Barcha faktlar bilan tanishib chiqish uchun kanaldagi barcha maʼlumotlarga hech bo‘lmaganda bir eʼtibor berib chiqing.

Kanalga hoziroq aʼzo bo‘ling: 👉👉👉 @qiziqfan
​​💥💥💥 Keng ko‘lamli hakerlik hujumlari ortidan AQSHda kiberxavfsizlik byurosi tashkil etiladi

AQSHda kiberxavfsizlikni yaxshilash maqsadida yangi byuro tashkil etiladi. Bu haqda 7 yanvar kuni Davlat departamenti maʼlumot tarqatdi.

Bunday qaror qabul qilinishiga AQSHdagi hukumat idoralari va xususiy shirkatlar tarmoqlari misli ko‘rilmagan hakerlik hujumi nishoniga aylangani turtki bo‘ldi. Hujum ortida rus hakerlari turgani aytilmoqda.

Davlat departamenti saytida eʼlon qilingan bayonotda qayd etilishicha, AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Kiberxavfsizlik va rivojlanayotgan texnologiyalar byurosini (CSET) tashkil etish taklifini rasman maʼqullagan.

Bayonotda keyingi oylarda Xitoy, Rossiya, Eron, Shimoliy Koreya va boshqa dushmanlar AQSH milliy xavfsizligiga solayotgan tahdid kuchaygani taʼkidlangan.

Shu yilning 5 yanvar kuni AQSH hukumati mamlakatdagi davlat va xususiy shirkatlar tarmoqlariga qilingan yirik hakerlik hujumi ortida, dastlabki xulosalarga ko‘ra, Rossiya turganini ochiqlagan edi. Moskva bu ayblovlarni rad etgan.

@tarmoq_tizim
💥⁉️ Cisco vs Huawei
Tarmoq sohasida ko‘pincha Cisco, Huawei yoki boshqa vendorlarni solishtirganda qaysi biri ustun deyishadi? Bir narsani tan olish kerak bu sohada AQSh vendorlari ancha oldinda turadi. Sabab nimada? Sabab, AQShdagi vendorlar doimiy ilmiy izlanishda va ilmiy izlanish natijalarining implementatsiyasi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Va bu bir necha yillardan beri takrorlanib kelmoqda. Barcha kompaniyalarning qurilmalarida qo‘llaniladigan protokollar va texnologiyalarning tarixi va hozirgi holatini solishtirsak ham AQSh kompaniyalari oldinda. Misol uchun, Cisco tomonidan 1990 yillarda ishlab chiqilgan PAGP protokolining ochiq standartlardagi prototipi LACP 2000 yilda chiqqan. Ya’ni farq 10 yil. Bunaqa holatlar ancha ko‘p. Cisco doim ancha oldin yurishga intiladi va uddalamoqda ham. Bularning barchasi IMHO.

@tarmoq_tizim
Telegram proflingizdagi ism familiyangizni Saved Messages deb o'zgartirib ko'rganmisiz? Faqat ism familiyangizni o'zini yozib ko'ring. Hech qanday bio, nickname ma'lumotlarini yozish kerak emas. Qiziq holat yuz berar ekan.
Kuchli bilim berish uchun nafaqat bilim, balki pedagogik qobiliyat talab etiladi. Kuchli pedagogik qobiliyat bo‘lib, bilim bo‘lmasa u ham foydasiz. Eng yaxshi ustoz bilimi ham, pedagogik qobiliyati ham bor ustoz sanaladi. Agarda qo‘shimcha ravishda amaliy ko‘nikmalar bo‘lsa, undanda zo‘r.

Hayotiy tajribamda ko‘p bilimli insonlarni ko‘rdim, haqiqatda bilimi kuchli, berilgan vazifalarni aʼlo darajada bajaradi. Lekin, bu turdagi insonlarning hammasi ham bilimni boshqalarga yetqazib bera olmaydi. Sabab pedagogik qobiliyat yo‘q. Shu sababli ustoz tanlashda albatta o‘sha ustozda sizdan oldin taʼlim olganlardan maslahat so‘rang.

@tarmoq_tizim
Ko‘pchilik "Tarmoq texnologiyalarini o‘rganishda qaysi dastur qulay?" deb so‘rashadi. Bu sohani endi o‘rganmoqchi bo‘lganlarga Cisco Packet Tracer simulyator dasturini tavsiya etaman. Bu sizning tarmoq texnologiyalarini o‘rganishingiz uchun dastlabki bosqich ehtiyojlaringizni bemalol qondira oladi. Keyingi bosqichda tavsiya bera olishim mumkin bo'lgan dasturlardan biri bu - GNS3 emulyator dasturidir. Ushbu emulyator dastur murakkab tarmoqlarning simulyatsiyasini shakllantirishda qo‘l keladi. Buning afzallik tomoni ushbu dasturdagi virtual qurilmalarni real qurilmalar bilan integratsiyasini amalga oshirish mumkin.

@tarmoq_tizim
👍2
👨‍🏫 Cisco instruktorlari haqida

Ko‘plab kanal aʼzolari tomonidan yana Cisco kurslari bo‘yicha savollar kelib tushmoqda.

Hozir mana shu jarayonda dars o‘tuvchi Cisco o‘qituvchi-instruktorlari haqida maʼlumot bermoqchiman.

Cisconing birorta sertifikatiga ega inson shu sohada dars bera olish huquqi borligini bildirmaydi. Misol uchun, CCNA kursi bo‘yicha dars o‘tmoqchi bo‘lgan o‘qituvchida kamida CCNA sertifikati bo‘lishi bilan birgalikda unga Cisco kompaniyasi tomonidan dars o‘tish huquqi berilishi lozim. Bu huquq esa albatta imtihon topshirib olinadi. Lekin, bu CCNA sertifikatini olish jarayonidagi imtihondan butunlay farq qiladi.

CCNA sertifikatini olish uchun topshiriladigan imtihonlar belgilangan markazlardagi kompyuterda maxsus tizimlar orqali topshiriladi. O‘zbekistonda bu kabi test topshirish markazi faqatgina uchta: GBRS, Softline Education va Micros. Siz faqat shu 3 tadan bittasini tanlashingiz mumkin. Va bu imtihon jarayonida faqatgina bitta kuzatuvchi sizni nazorat qilib turadi. Sabab, tashqi resurslardan (telefon, kitob, shpargalka) foydalanmasligingiz uchun.

CCNA instruktorlik imtihoni esa butunlay farq qiladi. CCNA sertifikatiga ega shaxs CCNA Intruktorlik uchun yana boshqa kursni o‘qiydi. Oraliq imtihonlarni topshiradi va Cisco laboratoriyasida qurilmalardan foydalangan holda berilgan muammoli masalalarni yechish orqali imtihon topshiradi. Bunda har bir vazifa bir yoki undan ortiq odam tomonidan nazorat qilinishi va tekshirilishi mumkin. Ham nazariy ham amaliy imtihonlardan o‘tgandan keyingina Cisco kompaniyasi tomonidan dars o‘tish huquqi beriladi va bu huquqni olgan instruktor birorta Cisco akademiyasiga biriktiriladi. Cisco intruktorligini olish huquqini olish uchun topshiriladigan imtihon markazlari O‘zbekistonda mavjud emas (agarda oxirgi oylarda ochilmagan bo‘lsa). Man o‘zim ham instruktorlik huquqini olish uchun Gruziyada imtihon topshirganman.

Sizga kimdir Cisco kursini taklif etmoqdami, demak dastlab siz u insonni tekshirib ko‘ring, Cisco bo‘yicha sertifikatga egami, agar yo‘q bo‘lsa, xayrlashavering. Agar mavjud bo‘lsa, unda dars o‘tish huquqi bor yoki yo‘qligini tekshiring, rasmiy birorta Cisco akademiyasiga biriktirilganmi yoki yo‘qmi uni ham tekshiring, yaʼni sizni o‘qitmoqchi bo‘lgan CCNA kursi uchun tizim o‘qituvchini familiyasini chiqarib berishi zarur. Agar tizim o‘qituvchini familiyasini ko‘rsatmayaptimi, demak ehtiyot bo‘ling. "Anavi palonchi akademiyada ishlayman" degani bilan unda huquq bo‘lmasligi mumkin. Agar unda huquq bo‘lmasa Cisco tizimiga uni hech kim instruktor sifatida qo‘sha olmaydi, u hattoki akademiya direktori bo‘lsa ham. Instruktorlar butun dunyo bo‘yicha Cisco kompaniyasi tomonidan markazlashtirilgan holatda boshqariladi. Mana shu tomonlarni ham hisobga oling.

@tarmoq_tizim
Kerio Control bo‘yicha maslahat

Ko‘pchilik Youtubeni Kerio Controlda bloklay olmay xunob bo‘ladi. Web filter yordamida URLga YouTube kabi qism so‘zlarni yozgani bilan foydasiz. Bu amal Firefox, IE, Opera kabi brauzerlar uchun ishlashi mumkin. Lekin, Google Chromega tishi o‘tmaydi. Sababi, Google Chromeni o‘zi Youtubega bog‘lanishda QUIC protokolidan foydalanadi. QUIC protokoli UDP protokollari toifasiga kiradi. Kerio Control Web filtrda transport darajasidagi TCP protokollarini bloklaydi. Shu sababli Trafic rules qismida UDP protokolining 443 portini yopish samaraliroq usul sanaladi.

‼️ Kerio Controlni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun manba 👉👉👉 https://taplink.cc/admintarmoq/p/1da263/

@tarmoq_tizim
🔥1
⁉️ Linux yoki Cisco bo'yicha onlayn kurs yoki video kurs tashkil etiladimi?

Javob: Afsuski, Yo'q!
🎉1
🎞 IT sohasiga oid video darslar

Hozirgi kunda IT sohasida o‘zbek tilida juda ko‘plab videodarslar tayyorlanmoqda. Kurslar turli tuman, o‘qituvchilarning salohiyati har xil yoki narxlari turlicha.
Man sizlarga tavsiya qilmoqchi bo‘lgan video kurslarimdan biri, do‘stimiz Ulug‘bek Samig‘jonovning IT bo‘yicha 👉 Youtubedagi videodarslaridir 👈. Bu reklama emas, darslar haqiqatda zo‘r yozilgan ekan.
Darslarning manga yoqqan jihati: dars judayam sifatli yozilgan, kurslar kontenti judayam zo‘r tuzilgan, mentorning mahoratiga tahsinga sazovor va eng muhimi darslar mutlaqo BEPUL.

Hozirgi kunda Youtube kanalda HTML, CSS va Bootstrap bo‘yicha videolar joylangan va bu jarayon davom etmoqda.

📹 Ulug‘bek Samig‘jonovning Youtubedagi kanali 👉👉👉 https://www.youtube.com/c/UlugbekSamigjonov
👍3
Creeper dasturi, shuningdek "Creeper vorm" yoki “virus” nomi bilan ham tanilgan dastur birinchi bo‘lib yaratilgan virus hisoblanadi. Bob Tomas tomonidan 1971 yilda yozilgan dastur ARPANET (Advansed Research Projests Agency Network) tarmog‘idagi kompyuterlar orasida maʼlumot almashinishda foydalanilgan. Creeper dasturi TENEX operatsion tizimida ishlaydigan PDP-10 Assambly dasturlash tilida yozilgan.

@tarmoq_tizim
🔥1
2025/08/24 20:12:10
Back to Top
HTML Embed Code: