TARMOQ_TIZIM Telegram 228
👨‍🏫 Cisco instruktorlari haqida

Ko‘plab kanal aʼzolari tomonidan yana Cisco kurslari bo‘yicha savollar kelib tushmoqda.

Hozir mana shu jarayonda dars o‘tuvchi Cisco o‘qituvchi-instruktorlari haqida maʼlumot bermoqchiman.

Cisconing birorta sertifikatiga ega inson shu sohada dars bera olish huquqi borligini bildirmaydi. Misol uchun, CCNA kursi bo‘yicha dars o‘tmoqchi bo‘lgan o‘qituvchida kamida CCNA sertifikati bo‘lishi bilan birgalikda unga Cisco kompaniyasi tomonidan dars o‘tish huquqi berilishi lozim. Bu huquq esa albatta imtihon topshirib olinadi. Lekin, bu CCNA sertifikatini olish jarayonidagi imtihondan butunlay farq qiladi.

CCNA sertifikatini olish uchun topshiriladigan imtihonlar belgilangan markazlardagi kompyuterda maxsus tizimlar orqali topshiriladi. O‘zbekistonda bu kabi test topshirish markazi faqatgina uchta: GBRS, Softline Education va Micros. Siz faqat shu 3 tadan bittasini tanlashingiz mumkin. Va bu imtihon jarayonida faqatgina bitta kuzatuvchi sizni nazorat qilib turadi. Sabab, tashqi resurslardan (telefon, kitob, shpargalka) foydalanmasligingiz uchun.

CCNA instruktorlik imtihoni esa butunlay farq qiladi. CCNA sertifikatiga ega shaxs CCNA Intruktorlik uchun yana boshqa kursni o‘qiydi. Oraliq imtihonlarni topshiradi va Cisco laboratoriyasida qurilmalardan foydalangan holda berilgan muammoli masalalarni yechish orqali imtihon topshiradi. Bunda har bir vazifa bir yoki undan ortiq odam tomonidan nazorat qilinishi va tekshirilishi mumkin. Ham nazariy ham amaliy imtihonlardan o‘tgandan keyingina Cisco kompaniyasi tomonidan dars o‘tish huquqi beriladi va bu huquqni olgan instruktor birorta Cisco akademiyasiga biriktiriladi. Cisco intruktorligini olish huquqini olish uchun topshiriladigan imtihon markazlari O‘zbekistonda mavjud emas (agarda oxirgi oylarda ochilmagan bo‘lsa). Man o‘zim ham instruktorlik huquqini olish uchun Gruziyada imtihon topshirganman.

Sizga kimdir Cisco kursini taklif etmoqdami, demak dastlab siz u insonni tekshirib ko‘ring, Cisco bo‘yicha sertifikatga egami, agar yo‘q bo‘lsa, xayrlashavering. Agar mavjud bo‘lsa, unda dars o‘tish huquqi bor yoki yo‘qligini tekshiring, rasmiy birorta Cisco akademiyasiga biriktirilganmi yoki yo‘qmi uni ham tekshiring, yaʼni sizni o‘qitmoqchi bo‘lgan CCNA kursi uchun tizim o‘qituvchini familiyasini chiqarib berishi zarur. Agar tizim o‘qituvchini familiyasini ko‘rsatmayaptimi, demak ehtiyot bo‘ling. "Anavi palonchi akademiyada ishlayman" degani bilan unda huquq bo‘lmasligi mumkin. Agar unda huquq bo‘lmasa Cisco tizimiga uni hech kim instruktor sifatida qo‘sha olmaydi, u hattoki akademiya direktori bo‘lsa ham. Instruktorlar butun dunyo bo‘yicha Cisco kompaniyasi tomonidan markazlashtirilgan holatda boshqariladi. Mana shu tomonlarni ham hisobga oling.

@tarmoq_tizim

tgoop.com/tarmoq_tizim/228
Create:
Last Update:

BY Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi

Share with your friend now:
tgoop.com/tarmoq_tizim/228

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

With Bitcoin down 30% in the past week, some crypto traders have taken to Telegram to “voice” their feelings. ‘Ban’ on Telegram Add up to 50 administrators Select “New Channel” The visual aspect of channels is very critical. In fact, design is the first thing that a potential subscriber pays attention to, even though unconsciously.
from us

Telegram Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi
FROM American