tgoop.com/tarmoq_tizim/370
Last Update:
#css2025 #cknews
2025-yilning 7-8 oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2025” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasida “Cyberkent 3.0” respublika musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, Kiberxavfsizlik markazi “Cyberkent 3.0”da ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!
Musobaqada quyidagi 3 ta ko‘rinish bo‘lib o‘tadi:
2025-yil 9-sentabr kuni Hujumchi jamoa (Red team) jamoalari uchun saralash bosqichi o‘tkaziladi va unda ishtirok etish uchun arizalar 25-avgustdan 8-sentabrgacha qabul qilinadi. Hujumchi jamoa (Red team) saralash musobaqalari attack.cyberkent.uz orqali onlayn ko‘rinishida bo’lib o‘tadi.
2025-yil 16-sentabr Himoyachi jamoa (Blue team) uchun saralash bosqichi o‘tkaziladi va unda ishtirok etish uchun arizalar 25-avgustdan 15-sentabrgacha qabul qilinadi. Himoyachi jamoa (Blue team) saralash musobaqalari defence.cyberkent.uz sayti orqali onlayn ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi.
“Cyberkent 3.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
🥇1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉3-o‘rin –10 mln so‘m
🥇1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉3-o‘rin –10 mln so‘m
🥇1-o‘rin –15 mln so‘m
🥈2-o‘rin –10 mln so‘m
🥉3-o‘rin –5 mln so‘m
Batafsil ma’lumot: (55) 502-10-10
Veb-sayt: cyberkent.uz |
|
|