tgoop.com/tarmoq_tizim/108
Last Update:
Cisco sertifikatlarida qanday o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda?
✅ Eng katta o'zgarishlardan biri, Cisco tarmoqni avtomatlashtirishga katta e'tibor qaratmoqda. Shu sababli ham endi nafaqat Cisconi balki Python dasturlash tilini ham bilish talab etiladi.
✅ CCNA sertifikatini oldinlari 2 ta imtihon orqali ham bosqichma- bosqich olish mumkin edi, ya'ni ICDN1 va ICDN2 larni topshirgan holda! 2020 yil 24 fevraldan boshlab, CCNA faqat bitta imtihon orqali olinadi.
✅ CCNP sertifikatini olish uchun avval 3 ta imtihon topshirilgan bo'lsa, endilikda 2 ta imtihon topshiriladi.
✅ CCNP imtihoni uchun avvallari CCNA sertifikati talab qilingan bo'lsa, o'z bilimiga ishonganlar endi bemalol CCNPga to'g'ridan-to'g'ri harakat qilishlari mumkin!
✅ Avvallari sertifikatning amal qilish muddati tugagandan keyin, yana qayta imtihon topshirib sertifikat qayta olingan bo'lsa, endi siz Cisco akademiyasidagi videodarsliklarni ko'rgan holda, yetarlicha ball to'plab ham sertifikatingizni yangilab borishingiz mumkin (Continious Education). Buning uchun qayta imtihon topshirish shart bo'maydi!
.....
@tarmoq_tizim
BY Tarmoq va tizim administratorligi va xavfsizligi

Share with your friend now:
tgoop.com/tarmoq_tizim/108