tgoop.com/studentmedik_upd/499
Last Update:
Sovuq harorat va yurak yetishmovchiligi - yangi tadqiqot natijalari
Yurak yetishmovchiligi (YY) dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash tizimlari uchun jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Yaqinda chop etilgan tadqiqot Tayvanda 2012–2019 yillar orasida sovuq haroratning yangi paydo bo‘lgan YY bilan bog‘liqligini tahlil qildi.
Tadqiqotning asosiy xulosalari:
Sovuq va YY xavfi: Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, haroratning pasayishi bilan YY xavfi ortadi. Ayniqsa, qishki harorat (17°C) yozgi haroratga (29°C) nisbatan YY xavfini 1,45–1,58 barobargacha oshirgan.
Xavf guruhlari:
1-guruh: Hech qanday hamroh kasalliklarsiz shaxslar (eng past xavf).
2-guruh: 60–69 yoshdagilar va 2–3 hamroh kasallikka ega yoki 70+ yoshdagilar 1–2 kasallik bilan (eng zaif guruh).
3-guruh: 70+ yoshdagilar va 4 yoki undan ortiq kasallikka ega (yuqori xavf).
O‘zbekistonda yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha o‘lim darajasi yuqori. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yurak ishemik kasalligi mamlakatdagi o‘lim sabablarining 43 foizini tashkil etadi. Sovuq qish fasli va energetikadagi masalalar ushbu xavfni yanada kuchaytirishi mumkin. Bu faqat texnik muammo emas, balki sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi omildir (agar tadqiqot natijalariga tayanilsa).
Metodologik savollar/Diskleymer: Tadqiqotchilar murakkab statistik usullarni qo‘llagan. Ammo sovuq haroratning salbiy ta’sirini boshqa omillardan ajratish har doim ham oson emas. Tayvandagi sog‘liqni saqlash tizimi va iqlim O‘zbekistonnikidan farq qiladi, bu natijalarning umumiyligini cheklashi mumkin.
BY Al-kimyogar

Share with your friend now:
tgoop.com/studentmedik_upd/499