Telegram Web
Forwarded from Digital.uz
🇺🇿 🇶🇦 O‘zbekiston – Qatar: Raqamli hamkorlikning yangi bosqichi

Qatar davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hassan bin Hamza Hashim Raqamli texnologiyalar vazirligiga rasmiy tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonga IT Park faoliyati, uning ekotizimi va istiqboldagi loyihalar haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. Shundan so‘ng, UZINFOCOM markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Tashrifning asosiy qismida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qatar davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hassan bin Hamza Hashim o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi raqamli sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator masalalar muhokama etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/68867

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍113🔥2🤩1
IT ta’lim rivojlanishiga qiziqqan barcha fuqarolar va tashkilotlarni 21 iyul kuni bo’lib o’tadigan Forumga taklif etamiz.

Forum IT Ta’lim Assotsiatsiyasi (ITEA) tomonidan Shveysariya Taraqqiyot va Hamkorlik Agentligi (SDC) moliyaviy ko'magida amalga oshirilgan.“O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini yaxshilash: Tadqiqot bosqichi” loyihasi natijalariga bag’ishlangan.

Forum quyidagilardan tashkil topgan:
🔹 IT sohasining kelajak kasblari Atlasi;
🔹 Raqamli ta'lim sohasidagi imkoniyatlar;
🔹 DigiSurvey.uz platformasi;
🔹IT-ekotizimining yetakchi vakillari bilan suhbat;
🔹IT Park, RTRM, O'zbekiston Nogironlar Assitsiatsiyasi hamda AlmaU vakillarining taqdimotlari.

📍 Sana: 2025-yil 21-iyul
🕘 Vaqt: 09:00–13:00
📌 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkent

👉Ro’yxatdan o’tish


📲 Qatnashish — ro‘yxatdan o‘tgan holda bepul. Qo‘shiling!
👍31
Forwarded from Digital.uz
Yevropa qizlar olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta medalni qo‘lga kiritishdi

🏆 “EGOI-2025” – Yevropa qizlar olimpiadasining yakuniy natijalar e’lon qilindi. Unga ko’ra, O‘zbekiston terma jamoasi qizlari umumiy hisobda 2 ta bronza medalini qo’lga kiritishdi.


🥉Bronza medali — Oysha Mirzatillayeva, Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi, 8-sinf o’quvchisi.
🥉Bronza medali — Malika Xojamuratova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 9-sinf o‘quvchisi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🎉41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazining yarim yillik natijalari sarhisobi bilan tanishing

📖2025-yilning ilk yarmida Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi qator muhim tashabbuslarni amalga oshirdi. Quyida markaz tomonidan erishilgan asosiy natijalar va ko‘rsatkichlar bilan tanishishingiz mumkin.

⬇️6 oylik natijalar sarhisobiga koʻra:
➡️Samarqand va Fargʻona viloyatlarida “IT shaharcha”lar foydalanishga topshirildi;
➡️“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining ilk 130 nafar bitiruvchilariga diplom topshirildi;
➡️Uzbekcoders.uz portalidan 571 mingdan ziyod foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi, shulardan 327 mingdan ortigʻi sertifikatlarni qoʻlga kiritdi;
➡️“IT-talents” loyihasi doirasida IT akademiyalarga 668 mln soʻm subsidiya ajratildi;
➡️“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida 1000 nafardan saralangan 80 nafar oʻquvchilar Nukus shahrida taʼlim olishni boshlashdi;
➡️Xalqaro IT sertifikat olgan 1858 nafar yoshlarga jami 7,7 mlrd. so‘m miqdoridagi xarajatlari qoplandi;
➡️“Leader Online” bilan hamkorlikda 658 nafar oʻquvchi kiberxavfsizlik kursida oʻqitildi;
➡️“InfoTeach-2025” forumi doirasida 5000 dan ortiq informatika fani oʻqituvchilarining malakalari oshirildi;
➡️ITStudy.uz platformasi orqali 35 mingdan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari zamonaviy IT kasblarga o‘qitildi.


⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4👏4🎉2
🎓 Abituriyentlar uchun ochiq muloqot boshlandi!

2025/2026-o‘quv yili uchun test sinovlari yakuniga yetdi. Endi esa oldingizda eng muhim qarorlardan biri turibdi — qaysi universitet va qaysi mutaxassislikni tanlash kerak?

Agar siz kelajagingizni axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘lamoqchi bo‘lsangiz, ushbu ochiq muloqotda qatnashing.

🗣Jonli efirni quyidagi havolalar orqali ko'rishingiz mumkin.


➡️YouTube: https://www.youtube.com/live/UC1aFPl39Xc?si=lk-s4n-Hzs4weAaL

➡️ Facebook: https://www.facebook.com/share/v/16anrkEifQ/


📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2
“Maʼlumotlar tahlili” asoslari boʻyicha bepul onlayn kurslar boshlanadi

📖Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi Armanistonning “Armenian Code Academy” taʼlim markazi bilan hamkorlikda “ACA Navigator II” loyihasini boshlamoqda.

Loyiha ishtirokchilari nimalarni o‘rganadilar?
➡️Ma’lumotlar tahlili nima?;
➡️Ma’lumotlar bilan ishlash asoslari;
➡️Tahlilchi asboblari;
➡️Samarali rezyume tuzish.

⚜️Siz uchun ajoyib imkoniyat:
➡️O‘qitish tili: oʻzbek tili;
➡️Format: onlayn;
➡️Qulay vaqt: soat 20:00;
➡️Davomiyligi: 1,5-2 soat;
➡️4 ta vebinar (haftasiga 2 ta vebinar);
➡️Narxi: bepul.


🔗Batafsil maʼlumot olish hamda roʻyxatdan oʻtish uchun havola (https://bootcamps.aca.am/danavigatoruz);

❗️Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1💯1
Forwarded from Digital.uz
Yaponiyaning Orion Computer kompaniyasi Oʻzbekistonda IT va yapon tiliga ixtisoslashgan maktab tashkil etadi

Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari R. Karimjonov hamda vazir maslahatchisi Sakuray Akihiro boshchiligida Orion Computer kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan Oʻzbekistonda IT va yapon tiliga ixtisoslashgan maktabni tashkil etish rejasi haqida maʼlumot berildi.

💡Uchrashuvda quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:

– Orion Computer tomonidan IT va yapon tili maktabini ochish;
– Yaponiya uchun IT sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tezlashtirish va autsorsing salohiyatini rivojlantirish;
– Yaponiya standartlariga mos oʻquv dasturini ishlab chiqish va joriy etish;
– Yapon kompaniyalari va Oʻzbekiston IT sohasi oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish.


✏️Orion Computer kompaniyasi joriy yil sentabr oyida boʻlib oʻtadigan ICT Week tadbirida ishtirok etishni va ushbu tashrif doirasida Oʻzbekistondagi rasmiy vakolatxonasini ochish masalasini yakuniy hal qilishni rejalashtirmoqda.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/27 14:51:28
Back to Top
HTML Embed Code: