Telegram Web
Forwarded from Digital.uz
🟢 Ta’limdagi raqamli o‘zgarishlar Jenevadagi vazirlar muhokamasida

🇨🇭 Jenevada bo‘lib o‘tayotgan "Ta’lim va texnologiyalar bo‘yicha Vazirlar uchrashuvi"da Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim vazirlari, Yevropa Ittifoqi, yetakchi texnologik kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.

📌 Kun tartibidagi asosiy masalalar:

– Maktablarni internet tarmog‘iga ulash
– Raqamli ta’lim vositalarini rivojlantirish
– Har bir bola uchun xavfsiz va inklyuziv o‘quv muhitini ta’minlash


O‘zbekistonda Giga loyihasi 2021-yildan boshlab amalga oshirilmoqda va hozirgacha 2000 dan ortiq maktablarning internetga ulanishi qayta ko‘rib chiqildi. 2025-yilda barcha maktablarni barqaror va tezkor internet bilan ta’minlash maqsad qilingan.

➡️O‘tgan yilgi UNICEF bilan hamkorlikda o‘tgan uchrashuvda esa yoshlarning ta’limdagi faolligi, ularning ovozi va g‘oyalari siyosiy qarorlar qabul qilishda muhim o‘rin egallashi ta’kidlangan edi.

🔵Yoshlar – raqamli kelajakni shakllantiruvchi asosiy kuchdir. Bugungi tashabbuslar ularning imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli jamiyatda faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
Forwarded from Digital.uz
🏠 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” navbatdagi tayyorlov o‘quv kurslarini yakunladi, 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda

📚 Yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida raqamlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etadigan iqtidorli mutaxassislarni yetishtirish maqsadida 2023-yil 19-mayda Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

🖌Mazkur qaror asosida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini tashkil etish markazi 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Ushbu kurslarning asosiy yo‘nalishi — “Data Science” bo‘lib, unda tinglovchilarga matematik statistika, dasturiy ta’minot vositalari orqali katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, ularga asoslangan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilimlar beriladi. Kurs doirasida tinglovchilar zamonaviy talablar asosida tayyorlanib, davlat organlari va boshqa tashkilotlar ehtiyojlari uchun raqamli tahlilga ixtisoslashgan mutaxassislar sifatida yetishib chiqadilar.

💡Tayyorlov o‘quv kurslariga barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishining 2-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalardan kursga qabul qilingan 60 nafar talabalar “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomladilar.

🔠Bugun, 3-iyul kuni ushbu kursning 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Mirzo Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi O. Salimov hamda Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov ishtirok etdilar.

🔠Ma'lumot uchun: hozirda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda. Tanlovda 3-bosqichda tahsil olayotgan, raqamli texnologiyalarga qiziqadigan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Tanlov asosida saralangan talabalar Toshkent shahrida bir yil davomida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


➡️Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab “Mirzo Ulug‘bek vorislari” kurslari doirasida yangi GRANT asosidagi (bepul) yo‘nalishlar ham joriy qilinmoqda. 3-bosqich va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun mo‘ljallangan bu yo‘nalishlar quyidagilarni qamrab oladi:

– 3D modellashtirish
– VFX Compositing
– Animatsiya
– O‘yin dizayni va Game Development asoslari
– Digital Art
– FX Simulation
– Cinema 4D
– Unreal Engine


❗️Bugungi kunda raqamli texnologiyalar – faqat alohida bir soha emas, balki har bir sohaga chuqur integratsiyalashayotgan muhim yo‘nalishdir. “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslari nafaqat yoshlarni zamonaviy IT sohalariga yo‘naltirmoqda, balki ularni kasbiy jihatdan shakllantirib, mamlakat taraqqiyotiga bevosita hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar sifatida tayyorlamoqda. Zamonaviy bilimlarni egallab, bepul ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

➡️Data Science kurslariga ariza topshirish: https://dscience.uz/#price
➡️GRANT asosidagi yo‘nalishlarga ariza topshirish: https://creativetech.uz/

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/65803

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Bugun Farg’ona viloyati, Toshloq tumanida Farg’onalik yoshlar -
IT, Chet tillari, Robototehnika, 3D design, Sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy kasblarni Bepul o’rganishlariga mo’ljallangan
navbatdagi “IT Shaharcha”ning rasmiy ochilishi bo’lib o’tadi.

🇺🇿 Yangiliklarni kuzatib boring.
👏6👍4🔥4
2025/10/29 11:49:13
Back to Top
HTML Embed Code: