Telegram Web
📢 “Markaziy Osiyo - Hindiston" vazirliklar va ishbilarmonlar biznes forumida O'zbekiston IT-bozorining eksport va investitsion salohiyati namoyish etildi

Joriy yilning 5-6 iyun kunlari Hindistonning Dehli shahrida “Markaziy Osiyo – Hindiston” ishbilarmonlar kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar vazir o’rinbosari boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Tadbir davomida Hindiston va Markaziy Osiyoninh yirik biznes vakillariga O’zbekistonning IT sohasidagi investitsion salohiyati va yaratilgan imkoniyatlar namoyish etildi.

“Markaziy Osiyo - Hindiston” doirasida bo‘lib o‘tgan biznes forum iqtisodiyot tarmoqlaridagi sheriklikni mustahkamlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.


Shu bilan birga, Hindiston va Markaziy Osiyoning bir qator biznes vakillari bilan samarali muzokaralar o’tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👏2
Forwarded from Al-Xorazmiy vorislari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Muhammad al-Xorazmiy vorislari" loyihasining ilk bitiruv tadbiri boʻlib oʻtdi

🏷5-iyun kuni "Muhammad al-Xorazmiy vorislari" loyihasining dastlabki qaldirg‘ochlari uchun bitiruv tadbiri oʻtkazildi.

Loyiha doirasida Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlaridagi jami 130 nafar o‘g‘il-qizlar IT va ingliz tili yo‘nalishlarida bepul taʼlim olib uni muvaffaqiyatli yakunladilar.

🚀Telegram |📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🤩4
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 Samarqandda yoshlarni IT va xorijiy tillarga bepul o‘qituvchi “IT shaharcha” faoliyati yoʻlga qoʻyildi

➡️Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani hududida zamonaviy “IT shaharcha” o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu "IT shaharcha"ning quvvati 200 nafar oʻquvchiga moʻljallangan boʻlib, joriy yil iyun oyidan boshlab, yangi guruhlarga oʻquvchilar saralab olinadi.

"IT shaharcha"da yoshlar dasturlash, grafik dizayn kabi zamonaviy yo‘nalishlar bilan bir qatorda, ingliz tili va boshqa xorijiy tillarga o‘qishlari mumkin.

🗺"IT shaharcha" manzili: havola

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥1
“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi doirasida 325 mingdan ortiq yoshlar IT kurslarni bepul oʻqib, sertifikatga ega boʻlishdi

⭐️Oxirgi 5 oy davomida “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqalii 500 mingdan ortiq foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tdi.

↗️ Eng yuqori oʻsish koʻrsatkichlari Samarqand, Qashqadaryo hamda Fargʻona viloyatlarida kuzatilgan.

⭐️Shuningdek, ushbu loyihada ishtirok etgan qizlar ulushi 51 foizdan oshganini ham kuzatish mumkin.

Uzbekcoders.uz platformasida bepul taqdim etilayotgan onlayn kurslar hamda loyiha haqida oʻz fikringizni izohlarda qoldiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93🔥2
Forwarded from Digital.uz
🤝 Qatar bilan raqamli va investitsion hamkorlik mustahkamlanmoqda

📅 Raqamli texnologiyalar vazirligida Qatarning MBK Holding kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibida ijrochi direktor janob Avinash Deshpande, strategik rivojlanish direktori Yazen Kush hamda departament direktori Jasim Al Ejji ishtirok etdi.

🏛 Tashrif davomida mehmonlarga O‘zbekistonning rivojlangan raqamli infratuzilmasi tanishtirildi. Ular Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park va UZINFOCOM – yagona raqamli integrator faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Jumladan, MYID Vision va MYID Palm kabi biometrik identifikatsiya tizimlari hamda raqamli davlat boshqaruvi bo‘yicha ilg‘or yechimlar namoyish etildi.

📌 Uchrashuvda raqamli ta’lim, startap, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish kabi sohaga tegishli bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

🏢 MBK Holding — 1969‑yilda Dohada tashkil etilgan oilaviy tashkilot bo‘lib, raqamli texnologiyalar, yuqori texnologiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan. Kompaniya yosh tadbirkorlar va innovatsion loyihalarni rivojlantirishga kuchli e’tibor qaratadi.

💬 MBK Holding tomonidan quyidagi yo‘nalishlarga katta qiziqish bildirildi:
🔹 O‘zbekistonning raqamli ekotizimi va startaplariga investitsiya kiritish
🔹 Qatar raqamli yechimlarini integratsiya qilish
🔹 Qatardagi kompaniyalar uchun O‘zbekistondan IT mutaxassislarini yollash

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏21
2025/10/24 17:14:54
Back to Top
HTML Embed Code: