Telegram Web
Xalqaro IT-sertifikatlarga kompensatsiya berish boʻyicha 2025-yil soʻnggi 5 oy natijalari

📊Xalqaro IT-sertifikatga kompensatsiya olish uchun 2024-yilda 76 nafar IELTS sertifikati bor yoshlar ariza qoldirgan boʻlsa, joriy yil soʻnggi 5 oyining oʻzidayoq bu koʻrsatgich 153 nafarga yetdi.

👤Action pro, Sensorika, Zmt integrity oʻquv markazi bitiruvchilari esa soʻnggi 5 oyda eng koʻp kompensatsiya olish uchun ariza qoldirishgan.

Natijalar bilan batafsil infografikamizda tanishing!

➡️Xalqaro IT-sertifikatlarning to‘liq ro'yxati bilan IT-istedod.uz saytida tanishing va sertifikatni qoʻlga kiriting, xalqaro IT-sertifikat olish uchun ketgan xarajatlaringizni my.gov.uz portali orqali ariza qoldirib kompensatsiya qilib oling.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥2🤝1
Forwarded from Digital.uz
🇺🇿🇲🇾Malayziya kompaniyasi bilan raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik kengaymoqda

Malayziyaning yetakchi raqamli muhandislik va axborot texnologiyalari kompaniyasidan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, IT infratuzilmasi va qurilish sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Cocwonder Digital Engineering kompaniyasi boshqaruvchi direktori Zhang Lei boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda raqamli transformatsiya, “aqlli shahar” yechimlari, raqamli xavfsizlik, IT ta’lim va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari, shuningdek, Data markazlar qurish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida kompaniya vakillari o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi.

Tomonlar o‘rtasida IT-infratuzilmani rivojlantirish, IT xizmatlar eksportini oshirish va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21
#Dolzarb_90_kun

“Dolzarb 90 kun” doirasida Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida kasbga yo‘naltirilgan bepul "Yozgi to‘garak"lar tashkil etildi

⚜️Toʻgaraklar yoshlarning taʼtil paytida vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari hamda amaliy kasblarni oʻrganishlari uchun yoʻlga qoʻyildi.

⬇️O‘quvchilar qiziqishlariga qarab quyidagi yo‘nalishlardagi toʻgaraklarda qatnashishlari mumkin:
➡️Tikuvchilik;
➡️Pazandachilik;
➡️Dasturlash;
➡️Robototexnika;
➡️Grafik dizayn;
➡️SMM va mobilografiya;
➡️Kulolchilik;
➡️Yogʻoch oʻymakorligi.


🗺Toʻgaraklar quyidagi manzillarda tashkil etilgan:
➡️Mirzo Ulugʻbek tumani 121-maktab;
➡️Mirzo Ulugʻbek tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi;
➡️Yashnobod tumani 339-maktab;
➡️Yashnobod tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi.


❗️Eslatma: to‘garaklar uchun o‘quv guruhlari o‘quvchilar soni hamda dars jadvallariga muvofiq tashkil etiladi.

➡️To‘garaklarda o‘qish uchun havoladan oʻtib ariza qoldiring.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥5👏2
🇺🇿 Yilning eng zo'r yangiligi!

🟢Kelajakda yuqori daromadli kasb egasi bo'lishingizga yordam beradigan, hozirgi kunda xalqaro mehnat bozorida eng talabgir hisoblangan 20 ta online kurslarga mutlaqo BEPUL o'qishingiz mumkin.

20ta Bepul online kurslar bilan tanishing:
➡️Innovation Through Design: Think, Make, Break, Repeat;
➡️Professional development: Improve yourself, always;
➡️Big Data Emerging Technologies;
➡️Process Mining: Data science in Action;
➡️Personal & Family Financial Planning;
➡️Leadership in 21st Century Organizations;
➡️Code Yourself! An Introduction to Programming;
➡️Build AI Apps with ChatGPT, Dall-E, and GPT-4;
➡️Gmail;
➡️Google Calendar;
➡️Google Drive;
➡️Google Docs;
➡️Introduction to Generative AI;
➡️Business Implications of AI: A Nano-course;
➡️Google Sheets;
➡️Data Privacy Fundamentals;
➡️Teamwork Skills: Communicating Effectively in Groups;
➡️Designing the Future of Work;
➡️AI, empathy & ethics;
➡️The economics of AI.


➡️Hoziroq uzbekcoders.uz saytiga tashrif buyuring, oʻ'qing, o'rganing, daromad qiling.

❤️ Bu yangilikni IT sohasida yaxshi daromad qilmoqchi bo'lgan do'stingizga yuborib qo'ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥3👏3
Forwarded from Digital.uz
“Raqamli texnologiyalar vazirligi” va “Mirzo Ulug’bek vorislari o’quv kurslari” GRANT (Bepul o’qish) dasturini elon qiladi!

Agar siz kreativ sohaga, texnologiyalarga va san’atga qiziqqan, 3-bosqich yoki undan yuqori bosqichdagi talaba bo‘lsangiz — bu karyerangiz uchun noyob imkoniyat!

Dastur quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:

1️⃣ 3D modellashtirish
2️⃣ VFX Compositing
3️⃣ Animatsiya
4️⃣ O‘yin dizayni va GameDev asoslari
5️⃣ Digital Art
6️⃣ FX Simulation
7️⃣ Cinema 4D
8️⃣ Unreal Engine

📚 Ta’lim shakli:
📍 Oflayn + 💻 Onlayn (Toshkent shahrida)
Kurs davomiyligi — 6 oy

🌟 Ushbu kurs sizga nima beradi?
Eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy bilimlar
Soha yetakchi mutaxassislari bilan amaliy mashg‘ulotlar
Networking va professional muhit

📈 Tanlov bosqichlari:
⁃ 20 daqiqalik onlayn test
⁃ Portfolio yuklash
⁃ 5 daqiqalik suhbat

🏆 Nima kutmoqda?
- Kurs yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar xalqaro va mahaliy kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi!

📅 Ariza topshirish muddati:
🕛 07.07.2025

🌐 Ariza topshirish: ➡️ CreativeTech.uz

Loyihaga oid yangiliklar @creative_tech_official kanalida!

📞 Aloqa: +998-95-474-19-19

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍42👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryodagi “IT shaharcha”ning ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Axborot texnologiyalariga qiziquvchi bilimga chanqoq 70 nafar o‘quvchi kurslarni muvaffaqiyatli tamomladi. Ulardan 63 nafari kompyuter savodxonligi 7 nafari esa ingliz tili yoʻnalishida tahsil olishdi.

⚜️Bitiruv marosimi ruhiyatini videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥41
Forwarded from Digital.uz
🟢 Ta’limdagi raqamli o‘zgarishlar Jenevadagi vazirlar muhokamasida

🇨🇭 Jenevada bo‘lib o‘tayotgan "Ta’lim va texnologiyalar bo‘yicha Vazirlar uchrashuvi"da Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim vazirlari, Yevropa Ittifoqi, yetakchi texnologik kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.

📌 Kun tartibidagi asosiy masalalar:

– Maktablarni internet tarmog‘iga ulash
– Raqamli ta’lim vositalarini rivojlantirish
– Har bir bola uchun xavfsiz va inklyuziv o‘quv muhitini ta’minlash


O‘zbekistonda Giga loyihasi 2021-yildan boshlab amalga oshirilmoqda va hozirgacha 2000 dan ortiq maktablarning internetga ulanishi qayta ko‘rib chiqildi. 2025-yilda barcha maktablarni barqaror va tezkor internet bilan ta’minlash maqsad qilingan.

➡️O‘tgan yilgi UNICEF bilan hamkorlikda o‘tgan uchrashuvda esa yoshlarning ta’limdagi faolligi, ularning ovozi va g‘oyalari siyosiy qarorlar qabul qilishda muhim o‘rin egallashi ta’kidlangan edi.

🔵Yoshlar – raqamli kelajakni shakllantiruvchi asosiy kuchdir. Bugungi tashabbuslar ularning imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli jamiyatda faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
2025/10/25 14:48:46
Back to Top
HTML Embed Code: