#yil_sarhisobi
#kafedra_salohiyati
🌲🌲-yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali uchun yutuqlarga boy yil bo‘ldi. Ushbu filial sport o‘yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi sportchilari viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda munosib ishtirok etib, 35 nafar g‘olib va sovrindor yetishtirdi.
👍Sportchilarning erishgan natijalari faqat raqamlarda emas, balki ular ortidagi mehnat, qat’iyat va kelajak umidlarida ham aks etadi.
🖐Misol uchun, qizlar voleybol jamoasi “Besh tashabbus olimpiadasi” viloyat bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Shuningdek, o‘g‘il bolalar voleybol jamoasi
🖐ham “U-19” musobaqalarida yuqori natijaga erishdi.
🏀Gandbol bo‘yicha jamoa esa “Universiada” sport musobaqasi viloyat bosqichida g‘alaba qozonib, Respublikaga yo‘l oldi.
🟢Stol tennisi yo‘nalishida qizlar jamoasi ham muvaffaqiyatlarga erishib, biri “Besh tashabbus olimpiadasi”da g‘oliblikni nishonlasa, boshqasi “O‘zbekiston kubogi” musobaqasida 3-o‘rinni egalladi.
⚽️⚽️Basketbol va futbol sohalarida ham iqtidorlar ko‘zga tashlandi.
⚽️Futbol yo‘nalishida talabalar xalqaro darajaga chiqib, “Super liga” kumush medali va Osiyo chempionatiga tayyorgarlik kabi yuksak marralarni zabt etmoqda.
🏀Basketbolchilar “Stretbol” turidan 1-o‘rinni olib, Respublika bosqichiga chiqdi.
⚡️Bu yutuqlar nafaqat oliygoh, balki butun mamlakat sportining kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
⚡️Sportchilarimizning muvaffaqiyatlari ularning kuchli irodasi va murabbiylarning fidokorona mehnatining natijasidir.
📺Yoshlarimizning g‘alabalariga guvoh bo‘lish har birimiz uchun sharaf. Bu yutuqlar nafaqat bugungi kunning, balki yorqin kelajakning ham kafolati ekaniga shubha yo‘q.
➡️Filial matbuot xizmati
✅Facebook|
📹YouTube|
🌐WebSite ✅ Telegram