tgoop.com/quvnoq_qizchalar/21423
Last Update:
Er: Asr namozingni oʻqidingmi?
Xotin: Yoʻq
Er: Nega?
Xotin: Ishdan charchab kelgan edim, dam oldim.
Er: Yaxshi, dam olib boʻlgan boʻlsang, tezda oʻqib ol, xozir shom kirib qoladi.
Ikkinchi kuni er komandirovkaga ketibdi. Odatga koʻra har doim, manzilga yetganidan soʻng, ayoliga qoʻngʻiroq qilib qoʻyar edi, bu safar qoʻngʻiroq qilmadi. Xotinini havotiri kuchayib, eriga qoʻngʻiroq qila boshlabdi, ammo goʻshakni xech kim koʻtarmas edi. Ayolni havotiri oshgandan oshdi, bunaqa boʻlishi mumkin emas, axir har doim manzilga yetib borishi bilan qoʻngʻiroq yoki xabar yuborgan boʻlar ediku.
Vanihoyat ikki soatdan soʻng,
ayolni telefoni jiringladi, ayol goʻshakni koʻtarib:
- Yaxshi yetib oldingizmi dadasi?
- Ha yaxshi yetib keldim. Alhamdulillah.
- Qachon yetib bordingiz?
- Taxminan 4 soat boʻldi.
Xotinni jaxli chiqib:
- Borganingizga 4 soat boʻlibdi, qoʻngʻiroq qilish
esingizga kelmadimi?
- Charchabman birpas dam oldim.
- 2 daqiqa vaqt ajratib manga qoʻngʻiroq qilsangiz boʻlmasmidi, man sizdan rosa havotir oldim, axir. Yoki mani qoʻngʻirogʻimni eshitmadingizmi?
- Nega endi eshitdim.
- Nega goʻshakni koʻtarmadingiz, siz mani hech qachon oʻylamaysiz - dedi yigʻlab.
- Sen ham kecha azonni ovozini eshitib, xotirjam dam olib oʻtirding, axir Alloh oʻzi bilan muloqotga chaqirgan ediku.
- Ha toʻgʻri aytasiz meni kechiring iltimos.
- Mendan emas, Allohdan kechirim soʻragin yagonam, boshqa bunday hol
takrorlanmasin, axir men sen bilan Jannat eshigi oldida bir umrga uchrashishni xohlayman.
Shundan soʻng ayol namozlarini toʻliq ado etishni maqsad qilib qoʻyibdi . . .
BY 𝑄𝑢𝑣𝑛𝑜𝑞 𝑞𝑖𝑧𝑐ℎ𝑎𝑙𝑎𝑟🖤🕊
Share with your friend now:
tgoop.com/quvnoq_qizchalar/21423