📚 “Zukko kitobxon – 2025” Qarshi MTU saralash bosqichi 📚
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ yosh xodimlari oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, ma’naviy-ma’rifiy saviyani oshirish hamda zakovatli, bilimdon kadrlarni ragʻbatlantirish maqsadida har yili “Zukko kitobxon” tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.
🔹 Shu munosabat bilan 2025-yilgi tanlovning Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar 4 ta shart boʻyicha oʻz bilim va dunyoqarashini sinovdan oʻtkazib, haqiqiy intellektual bellashuv namoyishini ko‘rsatishdi.
📊 Natijalarga koʻra:
🥇 1-oʻrin – Muborak stansiyasi boshligʻi Gulmurodov Normurod
🥈 2-oʻrin – “Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi” filiali xodimlar boʻlimi inspektori Yusupova Lobar
🥉 3-oʻrin – “Qarshi MTU” filiali hisobchisi Qoʻyliyeva Sevara
🏆 1-oʻrin sohibi Gulmurodov Normurod endilikda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ miqyosida oʻtkaziladigan yakuniy bosqichda Qarshi MTU sharafini himoya qiladi.
Barcha ishtirokchilarni chin qalbimizdan tabriklaymiz! Gʻolibimizga esa oldinda kutayotgan mas’uliyatli bellashuvda ulkan zafarlar tilaymiz.
📖 Kitob – eng yaqin do‘st, kitobxonlik esa ma’naviyat mezoni!
🔹 #zukkokitobxon
🔹 #qarshimtuyoshlar
🔹 #temiryoʻlchiyoshlar
👉@qarshimtuyoshlar👈

🔥2
“Uch avlod uchrashuvi”
Respublikamiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan “Ustozlar va nuroniylar” haftaligi doirasida “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida mazmunan boy, ma’naviy tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda temiryo‘l tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugun nafaqada bo‘lgan faxriy nuroniylar, ayni damda faoliyat olib borayotgan o‘rta avlod xodimlari hamda kelajagi poyoniga ishonch bilan qaralayotgan yosh avlod vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv jarayonida:
• Nuroniy ustozlar so‘zga chiqib, o‘zlarining yillar davomida orttirgan hayotiy va kasbiy tajribalari, temiryo‘l tizimida xizmat qilgan davrlardagi qiziqarli xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.
• O‘rta avlod vakillari esa bugungi kunda tizimda olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlar va yutuqlar haqida fikr bildirib, o‘z ustozlari yo‘lidan munosib davom etayotganliklarini ta’kidladilar.
• Yosh mutaxassislar nuroniylarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qimmatli maslahat va tavsiyalar oldilar.
Tadbir davomida samimiy muloqot, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat ruhi ustuvor bo‘ldi. Keksalar duosi, yoshlarning g‘ayrat va tashabbuslari uyg‘unlashib, ustoz-shogird an’analari yanada mustahkamlandi.
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, bunday tadbirlar:
• yosh avlodda kasbga mehr-muhabbatni oshirish,
• fidoyilik, vatanparvarlik va mas’uliyat hissini shakllantirish,
• temiryo‘lchilarning uch avlodini yagona oiladek birlashtirishga xizmat qilmoqda.
Tadbir so‘ngida barcha qatnashchilar nuroniylarga chuqur hurmat va ehtirom izhor etilar va Qarshi MTU rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻalar ulashildi.
🔹 #uchavloduchrashuvi

🔥1
Abu Muin an - Nasafiy maqbarasiga ziyorat tashkil etildi
Respublikamiz boʻylab keng nishonlanayotgan “Ustoz va nuroniylar” haftaligi doirasida Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan uzoq yillar temir yo‘l tizimida samarali faoliyat olib borib, bugungi kunda nafaqaga chiqqan faxriy temiryo‘lchilar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida nuroniylarimiz Qarshi tumanida joylashgan buyuk alloma, kalom ilmining yirik namoyandasi Imom Abu Muin an-Nasafiy maqbarasiga ziyorat qildilar. Shuningdek, ular maqbara hududida faoliyat yuritayotgan Nasafiy tarixi muzeyida bo‘lib, Nasaf zaminining boy ma’naviy va tarixiy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashabbus keksalarimizning umr yo‘llarini yodga olish, ularning mehnatlarini qadrlash va jamiyatimizda ularga bo‘lgan chuqur ehtiromni ifoda etish maqsadida amalga oshirildi.
🔹 #xalqarokeksalarkuni

👍5🔥1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati2025
Yoshlar uchun yaratilgan 30+ yangi imkoniyatlar
1. Ibrat farzandlari — xorijiy tillarni bepul o‘rganish;
2. Mutolaa — kitoblarni audio va elektron formatda o‘qish;
3. Ustoz AI — zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish;
4. Top100 Uni — dunyoning TOP universitetlariga tayyorlash;
5. Yosh kitobxon — bilimdonlar uchun kitobxonlik tanlovi;
6. UzChess — shaxmatni tez va oson o‘rganish;
7. Ibrate Debate — ingliz tilida debat sessiyalari;
8. Qizlar akademiyasi — xotin-qizlar uchun bepul ta’lim platformasi;
9. Qizlar ovozi — faol qizlarning tashabbuslari;
10. President Tech Award — eng yaxshi startaplar tanlovdan biri;
11. Digital Generation — dasturlashni o‘rganing va dunyoni o‘zgartiring;
12. PhD sari qadam — xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
13. WikiStipendiya — jahon internet tarmog‘idagi o‘zbekcha ma’lumotlar;
14. 1000Kitob — eng sara adabiyotlarning o‘zbekcha tarjimasi;
15. iQtidorly — STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash;
16. Yoshlar ovozi — yoshlar hayotiga bag‘ishlangan gazeta;
17. Bek va Lola — bolajonlar uchun animatsion multserial;
18. Beruniy sarguzashtlari — buyuk ajdodlarimiz tarixi;
19. Yashil makon — ekologiyaga bag‘ishlangan milliy multfilm;
20. Yoshlar ovozi Bo‘zatov — iste’dodlarni kashf etuvchi musiqiy tanlov;
21. Khan Academy Uzbek — bepul onlayn videodarsliklar;
22. Xalqaro imtihon kompensatsiyasi — Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish
23. Work and Travel — talabalar uchun xorijda ishlash va sayohat qilish;
24. Yoshtadbirkorlar.uz — Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash;
25. Yoshlar Ventures — kichik biznes va startap g‘oyalarni moliyalashtirish
26. Startap Garage — startapingizni barqaror biznesga aylantirish;
27. AloqaVentures — texnologik g‘oyalar va innovatsion kelajak sari yo‘l;
28. Kelajak kasblari — yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish;
29. SeeYoUzbekistan — O‘zbekistonning siz bilgan va bilmagan manzillar;
30. Milliy karaoke — Milliy qo‘shiqlarimizni karaokeda kuylang;
31. Yoshlar Akademiyasi — ilmiy-innovatsion g‘oyalar va startaplarni rivojlantirish.
Telegram | Instagram | Facebook

Ushbu loyihalarning qaysi birida ishtirok etgansiz? Yoshlar uchun manfaatli yana qanday loyihalarni bilasiz? Izohlarda fikringizni qoldiring!
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bitta rels ustida harakatlanadigan poyezd haqida hech oʻylab koʻrganmisiz?
1900-yillarda irland ixtirochisi Luis Brennan shunday monorayl poezdni yaratgan!
Uning siri – giroskop: tez aylanadigan disk poyezdni yon tomonga og‘ib ketishidan saqlagan. Avvaliga bitta giroskop ishlatilgan bo‘lsa, keyinchalik ikki qarama-qarshi giroskop yordamida poyezd hatto burilishda ham tik turgan.
Afsuski, har bir vagon uchun alohida giroskop kerak bo‘lgani sabab bu loyiha ommalashmadi. Shunga qaramay, Brennan monorayli poyezdi tarixda “inson tasavvurining qudrati”ni ko‘rsatgan eng noodatiy ixtirolardan biri bo‘lib qolgan.
🔹 #brennanmonoraylipoyezdi

👍2🔥1👌1💯1