Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
3652 - Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from Temiryo‘lchi yoshlar
🚉 “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ shaxmat kubogi-2025 musobaqasi yakunlandi!

🚉“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimida birinchi marotaba tashkil etilgan sport-intelektual tadbir — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Shaxmat kubogi-2025 musobaqasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

📍“O‘zbekiston” lokomotiv deposida bo‘lib o‘tgan Respublika final bosqichida temiryo‘lchilarning eng kuchli 50 nafar shaxmatchisi o‘z mahoratlarini namoyish etdi.
Bu musobaqa nafaqat sport, balki kasbiy intellektual muhitni mustahkamlash, strategik fikrlash hamda mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

🏆 Musobaqa yakunida quyidagi ishtirokchilar 1-2-3 o‘rinlarni egalladi:

Erkaklar o‘rtasida:
🥇 Pirmatov Xabibulla - "O'zbekiston" lokomotiv deposi filiali xodimi
🥈Sherjonov Davron - "Temiryo'lekspress" AJ Iqtisodiy tahlil va rejalashtirish  bo'limi boshlig'i
🥉Komiljonov Muhriddin - "Quyuv mexanika zavodi" AJ Bozor konstruksiyasini o'rganish, narxlarni shakllantirish va nazorat qilish bo'limi boshlig'i

Ayollar o‘rtasida:
🥇 Nakonechnikova Inna Yurevna - "O'ztemiryo'lmashta'mir" AJ Maxsus bo'lim boshlig'i
🥈Norkulova Shaxlo Nematillo qizi - Termiz MTU Termiz lokomotiv deposi filiali xodimi
🥉Yusupova Lobar Ro'zimurod qizi - Qarshi MTU Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi filiali xodimlar bo'limi inspektori egalladilar
Mazkur shaxmat musoboqasi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasidan xalqaro toifadagi hakamlar brigadasi tomonidan olibborildi.
🏆 G‘olib va sovrindorlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,
O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tomonidan diplomlar, esdalik sovg‘alari va rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandilar.
🙏Musobaqa ochilish marosimida va final uchrashuvlarida jamiyat rahbariyati, kasaba uyushmalari va OAV vakillari ishtirok etdi.
🚆 Temiryo‘lchilar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va intellektual salohiyatni oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir kelgusi yillarda ham an’anaviy bo‘lib o‘tishini umid qilamiz.

👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
🚉🚂
📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook | 🎞YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ miqyosida Xotin-qizlar forumi o‘tkazildi va barcha jamoalar taqdirlandilar.

🔘Sport musobaqasida:
1-o‘rinni “Qo‘ng‘irot MTU” filiali jamoasi,
2-o‘rinni “Toshkent MTU” filiali jamoasi,
3-o‘rinni “Qo‘qon MTU” filiali hamda “Temiryo‘linfratuzilma” AJ markaziy apparati jamoalari egalladi.


🔘“Zakovat intellektual o‘yini”da:
1-o‘rinni “Buxoro MTU” filiali jamoasi,
2-o‘rinni “Toshkent MTU” filiali jamoasi,
3-o‘rinni “Qarshi MTU” filiali jamoasi qo‘lga kiritdi.


🔘Forum davomida Milliy liboslar festivali va “Mehrjon” hosil bayramini tashkil etildi. Bayramda jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb e’lon qilindi.

#⃣railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
📣Qashqadaryoda katta bayram!!!

✈️Aziz yoshlar, qadrli vohaliklar! Barchangizni bugun 12-sentabr soat 19:00da Qarshi shahridagi amfiteatrda tashkil etilayotgan "Besh tashabbus olimpiadasi yoshlar disko shousi" festivaliga taklif etamiz!

🎉Shou gala-konsert dasturida respublikamizda xizmat ko’rsatgan va viloyatimizning taniqli san'atkorlari, DJ ELS hamda Sahara band guruhi ishtirokidagi betakror konsert dasturi Sizga bayram kayfiyatini ulashadi.

🎆Keling, birgalikda yoshlar festivalini yuqori kayfiyatda o'tkazamiz!

Manzil: Qarshi shahri,Amfiteatr
Sana: Bugun 12-sentabr, soat 19:00 da

Kirish mutlaqo BEPUL‼️‼️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
RELSLARNI TERMIT PAYVANDLASH

Temir yo‘l relslari ko‘pincha termit payvandlash usuli bilan ulanadi. Bu jarayon relslarni mustahkam va uzluksiz qilib bog‘laydi.

Jarayon bosqichlari:
1️⃣ Rels uchlari tozalanib, tayyorlanadi.
2️⃣ Issiqlikka chidamli qolip o‘rnatiladi.
3️⃣ Termit kukuni (Al + Fe₂O₃) yondirilib, qizigan po‘lat hosil qilinadi.

Afzalliklari: mustahkam, poyezdlar uchun silliq harakat, kamroq xarajat va kam shovqin hosil qiladi.

🔹 #termitpayvandlash
🔹 #qarshimtuyoshlar
🔹 #temiryoʻlchiyoshlar

👉@qarshimtuyoshlar👈
👍5🔥1👏1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xon Atlas festivali — milliy qadriyatlarimiz nishonida!

Respublikamiz miqyosida keng nishonlanayotgan "Xon Atlas festivali"da "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali tasarrufidagi barcha korxonalar xodimalari ham faol ishtirok etishdi.
Ular o‘zbek milliy liboslarini g‘urur bilan namoyish etib, boy tariximiz va betakror madaniyatimizni yorqin tarzda ifoda etdilar.
Xon atlas va boshqa milliy matolardan tikilgan liboslarimiz nafaqat go‘zallik, balki xalqimizning azaliy urf-odatlari, ma’naviyati va qadriyatlarini ham o‘zida mujassam etadi. Har bir naqsh, har bir rang — ajdodlarimizning buyuk san’ati va o‘lmas merosidan darak beradi.
Bugungi kunda milliy liboslarimizga bo‘lgan e’tibor — tariximizni asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

🔹 #xonatlasfestivali
🔹 #milliylibosmillatkoʻrki
🔹 #temiryoʻlchiyoshlar

👉@qarshimtuyoshlar👈
👍6
📢 Hurmatli do‘stlar!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida joylashgan oʻquv kursi tinglovchilari tomonidan shaxsiy rivojlanish mavzusida soʻrovnoma tashkil etildi.

📝 So‘rovnomada ishtirok etib, o‘z fikr va tajribangizni bildirishingiz orqali shaxsiy rivojlanish yo‘nalishida olib borilayotgan izlanishlarga hissa qo‘shishingiz mumkin.

🔗 https://forms.gle/Mu4MeMc9disHNwKF8

Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Temir yo‘l xavfsizligi – muntazam ta’mir bilan ta’minlanadi

Og‘ir poyezdlar ta’sirida relslar asta-sekin siljib, izlarning tekisligi buziladi. Bu esa vaqtida bartaraf etilmasa, katta xavf tug‘diradi.

Shu sababli rels tagidagi ballast maxsus texnika yordamida muntazam zichlanadi. Mashina izlardagi nosozliklarni aniqlab, ballastni ikki tomondan teng siqadi va shpallar ostidagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi.

Natijada relslar asl holatiga qaytadi, yo‘l mustahkamlanadi va poyezdlar yuqori tezlikda ham xavfsiz harakatlana oladi.

🔹 #maxsustexnika
🔹 #qarshimtuyoshlar
🔹 #qarshimtuyoshlar

👉@qarshimtuyoshlar👈
👍1
📚DIQQAT! E’LON 📚

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining 2025-yil 13-iyundagi 69-N-sonli buyrugʻiga asosan, yoshlar o‘rtasida bilim va tafakkurni sinovdan o‘tkazuvchi “ZUKKO KITOBXON – 2025” tanlovining “Qarshi MTU” filiali saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi!

Bu tanlov – nafaqat kitobxonlik qobiliyatingizni namoyon etish, balki yangi do‘stlar orttirish, bilim va tafakkur doirangizni yanada kengaytirish uchun katta imkoniyatdir.

🏆 Yakuniy bosqich gʻoliblari quyidagilar bilan taqdirlanadilar:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyatining 1-, 2-, 3-darajali diplomlari
Maxsus statuetka
Ramziy chek
Qimmatbaho esdalik sovgʻalari

📅 O‘tkazilish vaqti: 2-oktyabr, soat 14:00
📍 Joy: Temiryo‘lchi yoshlar markazi

👉 Hurmatli yoshlar! Bilimingizni sinash, kitoblar dunyosida sayohat qilish va g‘oliblik sharafiga erishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📞 Murojaat uchun:
Hududiy Yoshlar Yetakchilar Kengashi
Tel.: 55-351, 99-062-50-50
👍2
“Uch Avlod Uchrashuvi”ga taklif etamiz!

Respublikamizda oʻtkazilayotgan “Keksa ustozlar va nuroniylar” haftaligi doirasida temir yo‘l tizimida uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan ustozlarimiz ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etilmoqda.

🔹 Uchrashuvda:
• Rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqan faxriylarimiz,
• Hozirgi kunda tizim rivojiga hissa qo‘shayotgan o‘rta avlod xodimlari,
• Yangi kuch va g‘ayrat bilan safimizga qo‘shilgan yosh avlod vakillari bir joyda yigʻilib o‘zaro tajriba va fikr almashadilar, shuningdek, ustozlarimizning hayotiy saboqlari va boy tajribasi yoshlarga yetkaziladi.

📌 Ushbu uchrashuv nafaqat samimiy muloqot, balki avlodlar davomiyligi, ustoz-shogirdlik an’analarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir oʻtish joyi va vaqti:
3-oktyabr soat 11:00, Qarshi MTU ma’muriy binosi majlislar zali
Barchangizni ushbu ezgu tadbirga taklif etamiz!

🔹 #uchavlod uchrashuvi
🔹 #qarshimtuyoshlar
🔹 #temiryoʻlchiyoshlar

👉@qarshimtuyoshlar👈
2025/10/21 10:22:26
Back to Top
HTML Embed Code: