Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
3651 - Telegram Web
Telegram Web
📚 “Zukko kitobxon – 2025” Qarshi MTU saralash bosqichi 📚

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ yosh xodimlari oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, ma’naviy-ma’rifiy saviyani oshirish hamda zakovatli, bilimdon kadrlarni ragʻbatlantirish maqsadida har yili “Zukko kitobxon” tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.

🔹 Shu munosabat bilan 2025-yilgi tanlovning Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar 4 ta shart boʻyicha oʻz bilim va dunyoqarashini sinovdan oʻtkazib, haqiqiy intellektual bellashuv namoyishini ko‘rsatishdi.

📊 Natijalarga koʻra:

🥇 1-oʻrin – Muborak stansiyasi boshligʻi Gulmurodov Normurod
🥈 2-oʻrin – “Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi” filiali xodimlar boʻlimi inspektori Yusupova Lobar
🥉 3-oʻrin – “Qarshi MTU” filiali hisobchisi Qoʻyliyeva Sevara

🏆 1-oʻrin sohibi Gulmurodov Normurod endilikda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ miqyosida oʻtkaziladigan yakuniy bosqichda Qarshi MTU sharafini himoya qiladi.

Barcha ishtirokchilarni chin qalbimizdan tabriklaymiz! Gʻolibimizga esa oldinda kutayotgan mas’uliyatli bellashuvda ulkan zafarlar tilaymiz.

📖 Kitob – eng yaqin do‘st, kitobxonlik esa ma’naviyat mezoni!

🔹 #zukkokitobxon
🔹 #qarshimtuyoshlar
🔹 #temiryoʻlchiyoshlar

👉@qarshimtuyoshlar👈
🔥2
“Uch avlod uchrashuvi”

Respublikamiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan “Ustozlar va nuroniylar” haftaligi doirasida “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialida mazmunan boy, ma’naviy tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda temiryo‘l tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugun nafaqada bo‘lgan faxriy nuroniylar, ayni damda faoliyat olib borayotgan o‘rta avlod xodimlari hamda kelajagi poyoniga ishonch bilan qaralayotgan yosh avlod vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv jarayonida:
Nuroniy ustozlar so‘zga chiqib, o‘zlarining yillar davomida orttirgan hayotiy va kasbiy tajribalari, temiryo‘l tizimida xizmat qilgan davrlardagi qiziqarli xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.
O‘rta avlod vakillari esa bugungi kunda tizimda olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlar va yutuqlar haqida fikr bildirib, o‘z ustozlari yo‘lidan munosib davom etayotganliklarini ta’kidladilar.
Yosh mutaxassislar nuroniylarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qimmatli maslahat va tavsiyalar oldilar.

Tadbir davomida samimiy muloqot, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat ruhi ustuvor bo‘ldi. Keksalar duosi, yoshlarning g‘ayrat va tashabbuslari uyg‘unlashib, ustoz-shogird an’analari yanada mustahkamlandi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, bunday tadbirlar:
• yosh avlodda kasbga mehr-muhabbatni oshirish,
• fidoyilik, vatanparvarlik va mas’uliyat hissini shakllantirish,
• temiryo‘lchilarning uch avlodini yagona oiladek birlashtirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir so‘ngida barcha qatnashchilar nuroniylarga chuqur hurmat va ehtirom izhor etilar va Qarshi MTU rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻalar ulashildi.

🔹 #uchavloduchrashuvi
🔹 #qarshimtuyoshlar
🔹 #temiryoʻlchiyoshlar

👉@qarshimtuyoshlar👈
🔥1
Abu Muin an - Nasafiy maqbarasiga ziyorat tashkil etildi

Respublikamiz boʻylab keng nishonlanayotgan “Ustoz va nuroniylar” haftaligi doirasida Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi
tomonidan uzoq yillar temir yo‘l tizimida samarali faoliyat olib borib, bugungi kunda nafaqaga chiqqan faxriy temiryo‘lchilar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida nuroniylarimiz Qarshi tumanida joylashgan buyuk alloma, kalom ilmining yirik namoyandasi Imom Abu Muin an-Nasafiy maqbarasiga ziyorat qildilar. Shuningdek, ular maqbara hududida faoliyat yuritayotgan Nasafiy tarixi muzeyida bo‘lib, Nasaf zaminining boy ma’naviy va tarixiy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashabbus keksalarimizning umr yo‘llarini yodga olish, ularning mehnatlarini qadrlash va jamiyatimizda ularga bo‘lgan chuqur ehtiromni ifoda etish maqsadida amalga oshirildi.

🔹 #xalqarokeksalarkuni
🔹 #qarshimtuyoshlar
🔹 #temiryoʻlchiyoshlar
👍5🔥1👌1
2025/11/07 04:22:14
Back to Top
HTML Embed Code: