Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
DIQQAT! E’LON!

SOVRIN JAMGʻARMASI har bir soha uchun 1000 AQSH dollariga tenglashtirilgan “INNOVATSION GʻOYALAR – 2025” tanlovining saralash bosqichiga start berildi!

Barcha yosh xodimlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ miqyosida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Innovatsion gʻoyalar” tanlovida faol ishtirok etishga taklif etamiz.

🔹 Tanlovda temir yo‘l transportiga oid innovatsion loyihalar, ratsionalizatorlik takliflari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yuqori samaradorlikka ega ishlanmalar bilan qatnashish mumkin.

🔹 Ishtirokchilar 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar bo‘lib, yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda qatnashishlari mumkin.

Hurmatli yoshlar!
Agar sizda soha rivoji uchun foydali g‘oya yoki ish jarayonida uchrayotgan muammolarga texnik yechim mavjud bo‘lsa, o‘z korxona yoshlar yetakchingizga murojaat etishingizni so‘raymiz.

🔹 Eslatib o‘tamiz, tanlovning saralash bosqichidan o‘tgan har bir loyiha “Oʻzbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan pul mukofoti va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📅 MTU saralash bosqichi: 20-22-oktyabr
🗓 Loyihalarni topshirish muddati: 20-oktyabrga qadar
📞 Murojaat uchun: 55-351
📱 Telefon: 99 062 50 50

👉@qarshimtuyoshlar👈
👍2
TALABA EXPO-2025
“O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida yoshlar o‘rtasida “Kelajak kasblari” loyihasini tashkil etish belgilangan. Mazkur tashabbus yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli texnologiyalar, dizayn, marketing va boshqa sohalarda malaka oshirishga yo‘naltirilgan.
Shu munosabat bilan respublika miqyosida o‘tkazib kelinayotgan “Talaba Expo-2025” ko‘rgazmasining navbatdagi bosqichi Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalari, ish beruvchi tashkilotlar, davlat idoralari va xususiy sektor vakillari faol ishtirok etdilar.
Ko‘rgazmada, shuningdek, “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali hamda “Temiryo‘lkargo” AJ vakillari ham ishtirok etdilar.
Ko‘rgazma davomida ishtirokchi tashkilotlar o‘z ish faoliyati, tuzilmasi hamda mavjud vakant lavozimlari haqida ma’lumotlar taqdim etdilar. Shuningdek, talabalar uchun ishga joylashish, stajirovka o‘tash, startap loyihalarda qatnashish imkoniyatlari haqida amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash, ularning bandligini ta’minlash hamda “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida zamonaviy kasblarga yo‘naltirishdan iboratdir.
👍7
🏆 Qashqadaryolik yoshlar — “Besh tashabbus” olimpiadasida intellektual kuchini namoyon etdi!

“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqasi yurtimiz bo‘ylab yoshlarning bilim, tafakkur va zukkoligini sinovdan o‘tkazdi. Unda jami 42 ta jamoa o‘zaro bilim va mantiqiy fikrlash bo‘yicha bahs olib bordi.

Aql va zukkolikka boy bu bellashuvlarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Paxtazor mahallasi jamoasi o‘zining yuqori saviyadagi chiqishlari bilan ajralib turdi hamda faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuq evaziga jamoa 60 million so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi shundaki, jamoa tarkibida “Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi” filiali elektromexanigi Umidjon Roʻzimurodov ham faol ishtirok etdi. U o‘zining keng dunyoqarashi, tezkor fikrlashi va bilimga chanqoqligi bilan jamoa yutug‘iga munosib hissa qo‘shdi.

Bu g‘alaba nafaqat Paxtazor mahallasi yoshlari, balki butun Qashqadaryo viloyati uchun faxrli natija bo‘lib, yoshlarning intellektual salohiyati yuksak darajada ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

💡 Yoshlar — yurt kelajagi, bilim esa ularning eng katta qudratidir!

🔹 #beshtashabbus
🔹 #zakovat
🔹 #temiryoʻlchiyoshlar

👉@qarshimtuyoshlar👈
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek tili bayrami doirasida temir yoʻl tizimi xodimlari o‘rtasida ish jarayonida va kundalik muloqotda tez-tez uchraydigan xorijiy so‘zlar — “короче”, “хотя бы”, “даже” kabi iboralarning asl ma’nosi va o‘zbekcha tarjimasi bo‘yicha interaktiv so‘rovnoma o‘tkazildi.

Interaktiv soʻrovnomaning maqsadi — xodimlarimizning til madaniyatini yanada yuksaltirish, o‘z ona tilimizning boy imkoniyatlarini targ‘ib etishdan iboratdir.

🔹 #oʻzbektilibayrami
🔹 #interaktivsoʻrovnoma
🔹 #temiryoʻlchiyoshlar

👉@qarshimtuyoshlar👈
🔥8👍3👌2👏1💯1
🔰 KITOBXONLIK TARG‘IBOTI 🔰

🔷 2025-yil 16-oktabr kuni “Qarshi elektr ta’minoti masofasi” filialiga qarashli ECHK-28 va TPS-28 Qashqadaryo sexlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh ishchi-xodimlar, xususan yoshlar ishtirokida kitobxonlik targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.

🔷 Tadbir davomida ishtirokchilarga “Temiryo‘lchi yoshlar markazi” qoshida faoliyat yuritayotgan badiiy kutubxona faoliyati tanishtirildi. Kutubxona xodimlari tomonidan mavjud kitoblar, yaratilgan sharoitlar va xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🔷 Shuningdek, tadbir davomida ishchi-xodimlarni “Zukko kitobxon” kabi turli tanlov va loyihalarga faol jalb etish, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ham berildi.

🔹 #Kitobxonliktargʻiboti
🔹 #ECH5Yoshlar
🔹 #qarshimtuyoshlar
🔹 #temiryoʻlchiyoshlar

👉 @Qarshiech5
👉 @qarshimtuyoshlar👈
👍2🔥2👌1💯1
DIQQAT, E’LON!

Hurmatli temiryo‘lchi hamkasblar!

🇺🇿 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan sizlarni “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida o‘tkaziladigan bayram tadbiriga taklif etamiz!

🎬 Tadbir doirasida:
🔹 O‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilishi tarixiga bag‘ishlangan maxsus video rolik namoyishi
🔹 Tilshunos olimlar ishtirokida qiziqarli davra suhbati
🔹 Ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchilari tomonidan musiqali chiqishlar
🔹 Tadbir yakunida esa sizni yoqimli Coffee Break kutmoqda!

📍 Tadbir joyi: Temiryo‘lchi yoshlar markazi
🕓 Vaqti: 20-oktyabr, soat 14:30

👉@qarshimtuyoshlar👈
👌2
📝 2-сўровнома — «КАСАБА ИШОНЧИ» Республика танлови!

Тармоқ ходимлари касаба уюшмалари ўртасида “ЭНГ ЯХШИ РЕСПУБЛИКА КЕНГАШИ" номинацияси!

Ўзбекистон Касаба уюшмалари федерацияси, “Ишонч” газетаси ва Ishonch.uz сайти “Ўзбекистон касаба уюшмалари 120 йил халқ билан” ғояси асосида Республика танловини эълон қилади.

Сизнинг-ча, тармоқ ходимлари касаба уюшмалари орасида “ЭНГ ЯХШИ РЕСПУБЛИКА КЕНГАШИ" қайси?

🔹 «КАСАБА ИШОНЧИ» Республика танлови — халқ ишончига сазовор раҳбар ва кенгашларни аниқлайди!

Қайси кенгаш раҳбари энг фаол ва ташаббускор? Буни Сиз аниқлаб берасиз!

Эслатма: Сўровнома рўйхатида қисқартирма сўзлардан фойдаланилган.

Танлов шартлари ушбу ҳаволада 👉 https://ishonch.uz/news/4322

➡️ ОВОЗ БЕРИНГ ВА ФИКР БИЛДИРИНГ⬅️

Жами овозлар: 283 та
2025/10/18 14:22:20
Back to Top
HTML Embed Code: