PULATOV_KH Telegram 3204
Forwarded from Far·hod·jon
Sun’iy intellektga (SI) yondashuv

Yaqinda chiqqan ba’zi yangiliklardan butun sanoat taxminan qaysi tomonga qarab ketishini payqash mumkin. Bu, asosan, kattaroq kompaniyalar SIga bo’lgan yondashuvining o’zgarishi. Facebook, Microsoft kabi katta kompaniyalar yo’lga qo’yadigan ba’zi tajribalar, o’z-o’zidan, boshqa kichikroq kompaniyalar tomonidan ham qabul qilinadi.

Quyida oxirgi oylarda kompaniyalarning SIga strategik tomondan yondashuvini va qo’shimcha ma’lumotlarni keltiraman.

Shopify

Reflexive AI usage is now a baseline expectation at Shopify - Shopify asoschisi va bosh direktori Tobi Lutke kompaniyaga yuborgan xatini hamma bilan bo’lishdi:
- Endi kompaniyada SIdan samarali foydalanish asosiy talablardan biri.
- SI prototiplar qilish jarayonining ajralmas qismi bo’lishi lozim.
- Faoliyatni baholash (performance review) SI bo’yicha savollarni o’z ichiga oladi.
- Ishga olishdan oldin nega bu vazifani SI orqali qilib bo’lmasligi tasdiqlanishi kerak.
- Va bu hammaga talluqli.

Duolingo

Duolingo is going to be AI-first - Duolingo hozirgi jarayonni xuddi mobil interfeyslar paydo bo’lgan vaqtga o’xshatyapti. Kompaniya nimalarni o’zgartiryapti:
- Yollanma ishchilarni (contractor) asta-sekin SI bilan almashtirish.
- SIdan foydalanish ishga olish jarayonida e’tibor beriladi.
- SIdan foydalanish faoliyatni baholashga ham hisobga olinadi.
- Avtomatlashtirib bo’lmaydigan jamolargina yangi xodimlar olishi mumkin.
- Ko’p bo’limlarning faoliyati keskin o’zgaradi.

Microsoft/Meta

Satya Nadella va Mark Zakerbergning Llamacon’dan qisqa va to’liq videolari:
- Microsoft: kompaniyada 20-30% kod SI yordamida yozilyapti. Kuni kecha kompaniya xodimlarni 3% ga qisqartirishini bildirdi.
- Meta: 2026-yilda Meta’da 50% kod SI tomonidan yoziladi.

Klarna

Klarna misoli qiziq. O’tgan yili kompaniya ishga olishni 12 oyga muzlatib qo’ygandi. Maqsad: xodimlarni SI bilan almashtirish va kompaniyani kichraytirish (xodimlar soni masalasida).
Lekin kompaniya yaqindan boshlab yana odamlar olishni boshladi. Sabab: Klarna mijozlari uchun odam bilan muloqot qilish imkoniyatini qoldirish.

Fiverr

Fiverr bosh direktori Micha Kaufman yozyapti:
- SI ish o’rningizga da’vogarlik qilyapti, hatto, mening ishimga ham.
- Farqi yo’q qaysi soha: dasturchi, dizayner, mahsulot menejeri, data scientist, yurist, savdo, moliya va hokazo.
- Oson topshiriqlar yo’qoladi, qiyin topshiriqlar osonga aylanadi, imkonsiz topshiriqlar yangi qiyinga aylanadi.

Hozirgi holat

- SI hayotning yoki ishning chetlab o’tib bo’lmaydigan qismiga aylanib bo’ldi.
- ChatGPT otasiga ishonsak, SI internet ixtirosi bilan teng yoki undan ham kattaroq.
- SIni tezroq, samaraliroq tatbiq qiladigan kompaniyalar yutib boraveradi.
- SIdan to’g’ri foydalanigan mutaxassislar ham g’olib chiqib boradi.

Kompaniyalarga taklif

- Dasturchilarga Cursor/Windsurf/Copilot kabi uskunalarni hoziroq berish lozim. Turli agentlarni sinab ko’rgandan keyin, eski usulda kod yozish juda sekindek tuyuladi.
- Qolganlarga ChatGPT kamida yoki Gemini.
- Jarayonlarni moslashtirish: ishga olish, faoliyatni baholash kabilarda SI bilimini qo’shish.
- Jarayonlarni optimallashtirish: juda ko’p narsani avtomatlashtirish mumkin. Odamlar Zapier yoki n8n orqali ham agentlar qurib tashlayapti.

Fikrlar va savollar izohlarda. Welcome to the new world!

@farhodjon #ai

tgoop.com/pulatov_kh/3204
Create:
Last Update:

BY АйPulatov

Share with your friend now:
tgoop.com/pulatov_kh/3204

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

As the broader market downturn continues, yelling online has become the crypto trader’s latest coping mechanism after the rise of Goblintown Ethereum NFTs at the end of May and beginning of June, where holders made incoherent groaning sounds and role-played as urine-loving goblin creatures in late-night Twitter Spaces. Your posting frequency depends on the topic of your channel. If you have a news channel, it’s OK to publish new content every day (or even every hour). For other industries, stick with 2-3 large posts a week. Telegram channels fall into two types: 6How to manage your Telegram channel? On June 7, Perekopsky met with Brazilian President Jair Bolsonaro, an avid user of the platform. According to the firm's VP, the main subject of the meeting was "freedom of expression."
from us

Telegram АйPulatov
FROM American