tgoop.com/pulatov_kh/3154
Last Update:
Senat elektron sigaretalar, veyplar, suyuqliklar va IQOS bilan bog‘liq har qanday harakatlarni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.
Nega umuman taqiqlashga qaror qilishdi?
• 4 yil ichida O‘zbekistonga qiymati 28,5 million dollarga teng bo‘lgan 5,4 million dona elektron sigareta olib kelindi.
• 32 000 nafar yosh (18-29 yosh) allaqachon veyp va IQOS chekmoqda.
• 30 ming o‘g‘il bola va 9 ming qiz bola chekishga moyil.
• 12 000 nafar maktab o‘quvchisi va o‘smir muntazam ravishda elektron sigareta chekadi.
Hozir aynan nimalar taqiqlangan?
❌ Quyidagilar taqiqlanadi:
• IQOS, GLO, veyp va suyuqliklarni sotish.
• Ularni mamlakatga olib kirish.
• Sotish uchun saqlash.
• Do‘stingizga yuborish yoki chet eldan olib kelish.
Qonunni buzganingizda nima bo‘ladi?
• 37,5 million so‘mdan 75 million so‘mgacha jarima (taxminan 3000 dollardan 6000 dollargacha).
• Takroran qilsangiz - jinoiy javobgarlik:
• 225 million so‘mgacha jarima,
• yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish,
• og‘ir hollarda - 12 yilgacha qamoq jazosi.
Sumkangizda IQOS bor, Turkiyaga uchyapsiz - ❌ MUMKIN EMAS. Bu taqiqlangan tovarni olib chiqish hisoblanadi.
Do‘kondan veyp/IQOS sotib oldingiz - ❌ Bu ham mumkin emas. Siz noqonuniy aylanmada ishtirok etyapsiz.
@pulatov_kh
BY АйPulatov

Share with your friend now:
tgoop.com/pulatov_kh/3154