tgoop.com/pulatov_kh/2917
Last Update:
Prorektor Xolida Hafizovna Komilova rahbarligida Toshkent Tekstil va Yengil Sanoat Institutining xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan hamkorlikda Bibixonimning qayta tiklangan tarixiy libosini Parijda namoyish etishibdi. Bu ish Amir Temur rafiqasining hashamatli libosini tasvirlagan Rui Gonsales de Klavixoning batafsil yozuvlariga asoslangan.
Tarixiy libos o‘sha davr xususiyatlarini hisobga olgan holda imkon qadar aniq qayta tiklangan. Libos shunchalik uzun va ulug‘vor bo’lganki, uni 15 kishi ko‘tarib yurishi lozim bo’lgan.
Bu yangilik meni ilhomlantirdi va men sun’iy intellekt yordamida davr ruhini va ushbu tarixiy libosning ulug‘vorligini aks ettirish maqsadida qisqa videoda Bibixonim qiyofasini yaratishga harakat qildim.
@pulatov_kh
BY АйPulatov
Share with your friend now:
tgoop.com/pulatov_kh/2917