tgoop.com/pmtermiz/8026
Last Update:
Hurmatli yurtdoshlar!
Dunyodagi barcha musulmon ummati uchun mo‘tabar va muqaddas sanalgan ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan siz, azizlarni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mana shunday go‘zal va osoyishta kunlarda g‘animat fursatlarni qadrlab, gina-kuduratlarni unutish, kechirimli bo‘lish – biz, musulmonlarga xos ulug‘ fazilatlardandir.
Ushbu muborak ayyomda Yaratganning yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va diyorimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan barcha ezgu sa’y-harakatlarda madadkor bo‘lishini tilaymiz.
Qurbon hayiti – yaqinlarimiz holidan xabar olish, nuroniy duogo‘ylarimizni ziyorat qilish, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, oilalarga quvonch ulashish kabi savobli amallarni yanada ko‘paytirishga chorlovchi ulug‘ ayyomdir.
Bu kunda barchamizning ibodatlarimiz qabul bo‘lib, ezgu niyat va orzularimiz ro‘yobga chiqsin! Yurtimizda tinchlik, xalqimizda farovonlik, xonadonlarimizda esa xotirjamlik, ahillik va fayzu baraka doim barqaror bo‘lsin!
Yana bir bor barchangizga Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
BY Termiz shahridagi Prezident maktabi
Share with your friend now:
tgoop.com/pmtermiz/8026