tgoop.com/phpdevelopersuz/3223
Last Update:
✅ Telegram 9.6 versiyaga yangilandi
Ulashiladigan chat jidlari, maxsus fon rasmlari va boshqalar
📂 Ulashiladigan chat jildlari.
• Doʻstlar va hamkasblarga oʻnlab chatlarni oʻz ichiga olgan jildlarni ulashing.
• Taklif havolasiga ega istalgan kishi bitta bosish bilan barcha chatlarga qoʻshilishi mumkin.
• Turli odamlarga jilddagi turli chatlarga kirish imkonini berish uchun bir nechta taklif havolasini yaratishingiz mumkin.
👥 Maxsus fon rasmlari.
• Istalgan yakkama-yakka chat uchun maxsus fon rasmi oʻrnating.
• Suhbatdoshingiz siz bilan bir xil fon rasmini oʻrnatishi yoki oʻzinikini tanlashi mumkin.
🦾 Yaxshiroq botlar.
• Veb-ilovalarni endi istalgan chatda ishga tushirish mumkin. Guruhlarda veb-ilovalar hamkorlikda ishlash va oʻyinlar funksiyalarini dastaklaydi.
• Istalgan dasturchi bot va veb-ilovalarni bepul yaratishi mumkin.
📲 Fragmentda bot havolalari va Telegram Premium
• Botlar endi kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari, jumladan, -bot qoʻshimchalarisiz havolalardan foydalanishi mumkin.
• Shuningdek, Fragment orqali Telegram Premiumni oʻzingiz uchun sotib olishingiz yoki boshqalarga hadya qilishingiz mumkin.
🎇 Biriktirmalar uchun tezkor varaqlash
• Biriktirmalar menyusi endi xuddi Umumiy media kabi katta tezlikda varaqlanadi. Vaqt boʻylab sayohat qilish uchun sana blokini pastga torting.
💬 Mavzularda xabarni oʻqish vaqti
• Mavzular (topiklar) yoqilgan 100 tadan kamroq aʼzoli guruhlarda endi boshqa guruhlar aʼzolari xabarlaringizni qachon oʻqiganini koʻrishingiz mumkin.
☑️ Yaxshilangan interfeyslar
• Onlayn boʻlganda yuborish kamroq bosishni talab qiladi – siz suhbatdoshingizning oxirgi faollik vaqtini koʻra oladigan chatlarda Yuborish tugmasini bosing.
• Agar avval ruxsatlarni sozlash va bir nechta xabarni qadashni xohlasangiz, darhol aʼzolarni qoʻshmasdan guruhlar yaratishingiz mumkin.
• Oxirgi iPhone modellarida profillar va axborot sahifalarini varaqlaganingizda profil rasmlari dinamik orolga ravon surilib kiruvchi yangi animatsiya qoʻshildi.
Bu yangilanish haqida batafsil:
👉🏻 VIDEO (TEZ ORADA) | 👉🏻 MAQOLA
📲PlayStore | 📲AppStore | 📂APK
#telegram #tgram
😀 @TGraphUz | YouTube
BY IT news | Tg Bots
Share with your friend now:
tgoop.com/phpdevelopersuz/3223