tgoop.com/phpdevelopersuz/2928
Last Update:
Kiberxavfsizlik markazining “yolg‘on xabar” deb aytgan xabari yolg‘on bo‘lib chiqmoqda — manba
4-noyabr kuni “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” dasturida Oliy Majlis Senatining saytini 14 yoshli yigit buzib kirgani haqidagi lavha va bu yosh hakerning intervyusi efirga uzatilgan.
5-noyabr kuni esa Kiberxavfsizlik markazi tomonidan aslida saytni telekanalga intervyu bergan 14 yoshli yigit buzmagani, bunga uning umuman aloqasi yo‘qligi va saytni namanganlik fuqaro (16 yoshda) buzib kirgani haqidagi ma’lumot tarqatilgan.
7-noyabr kuni “Mening yurtim” telekanali Kiberxavfsizlik markaziga raddiya bildirib, vaziyatga yanada oydinlik kiritibdi. Aftidan, Kiberxavfsizlik markaziga hakerni ulardan oldin telekanal topib, ma’lumot tarqatgani yoqmagan ko‘rinadi.
@masofatalim
BY IT news | Tg Bots
Share with your friend now:
tgoop.com/phpdevelopersuz/2928