Notice: file_put_contents(): Write of 18920 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Orif Tolib@oriftolib P.489
ORIFTOLIB Telegram 489
Mohandas Karamchand Gandi. “Mening hayotim”

Toshkent, “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2018-yil. 256 bet. Rus tilidan Amir Fayzullo tarjimasi. Kitobni 2019-yil 26-iyul kuni sotib olgan ekanman. 2019-yil oktyabrda oʻqishni boshlab, shu yil 24-noyabr kuni tugatdim.

Kitob annotatsiyasida yozilishicha, sotsiologlar Mahatma Gandini Albert Eynshteyndan keyin dunyoning yigirmanchi asrdagi ikkinchi shaxsi deya eʼtirof etishgan ekan. U Hindiston ozodligi yoʻlida kurash yoʻlboshchisi sifatida ham dong qozongan.

“Mening hayotim” asari muallifning bolalik davrlaridan boshlab 1921-yilgacha boʻlgan voqealarni oʻz ichiga olgan. Gandi ushbu asarga 1925-yil 26-noyabrda soʻzboshi yozgan.

Mutolaa jarayonida meni hayratga solgan ilk voqea tafsiloti Gandining 13 yoshida uylangani boʻldi. Ikki goʻdakning oila qurishi oʻsha davrlardagi biqiq anʼanalar natijasi edi. Toʻgʻri, ular birdaniga er-xotinlik hayotini boshlamagan, kelin besh-olti oylab ota-onasinikida turgan. Biroq yosh Mohandas va ayoli Kasturbay shu paytdan boshlab mustaqil hayotga baribir qadam qoʻygan.

Toʻy masalasi soʻnggi yuz yillikda xalqimizning ogʻriqli muammolaridan biri boʻlib kelyapti. Hindlarning toʻy tashvishlariga nazar tashlagan kishi bizning toʻylarimiz bilan juda koʻp uyqash jihatlari borligini payqaydi. Gandi yozadi:

“Hindularda nikoh – qiyin ish. Nikoh rasm-rusumlari xarajatlari koʻpincha kelin va kuyovning ota-onalarini xonavayron qilib tashlaydi. Ular juda koʻp mol-mulki va vaqtlarini isrof qiladilar. Kiyim-kechak tikish va taqinchoqlar yasashga, ziyofat uchun pul topishga necha oylar kerak boʻladi. Har biri tortiladigan taomlarning xillari bilan bir-birlarini mot qilishga intiladi. Ovozi yaxshi va yomon xotinlar boʻgʻilib qolishguncha qoʻni-qoʻshnilarga tinchlik bermay qoʻshiq-lapar aytganlari-aytgan, hatto baʼzilari shundan ogʻrib ham qolishadi. Bu shovqin-suronga, ziyofatlardagi bu isrofgarchiliklarga qoʻshnilar parvo qilishmaydi, chunki ular biladilar – vaqti kelib oʻzalari ham xuddi shunday qiladilar...”

Gandi Angliyadan oʻqishni tugatib kelgach, faoliyatini endi boshlagan paytlari bir oʻngʻaysiz vaziyatga tushadi. Uning akasi Poʻrbandar hokimiga kotib va maslahatchi boʻlib ishlagan, soʻng notoʻgʻri maslahat berdi degan ayblov bilan ishdan olingandi. Akaning ishi unga qarshi kayfiyatda boʻlgan siyosiy agentga kelib tushadi. Gandi Angliyada bu amaldor bilan tanishgan, doʻstona munosabatda edi. Akasi ana shu tanish-bilishlikdan foydalanib, agentga bir ogʻiz aytib qoʻyishini iltimos qiladi. U zamonlarda koʻp ishlar tanish-bilish yordamida bitar ekan-da, qarang. Mohandas bu taklifga koʻnmaydi, tartib-qoidaga koʻra ariza bering, shikoyat qiling, deydi. Lekin akasi bu gapdan xafa boʻlib, toʻnini teskari kiyadi. Xullas, oxiri rozi boʻladi. Biroq tanish amaldor Gandining gaplarini juda sovuq qarshi oladi. Mohandas esa gapirishda davom etadi, dalillar keltirmoqchi boʻladi. Oxir-oqibat amaldor xizmatkoriga aytib, eski tanishini quvib soladi. Aslida davlat xizmatchisi oʻzini nomunosib tutgandi, Gandi uni sudga berishi ham mumkin edi. Lekin u haqoratlarga chidaydi.

“Bu narsalarning barchasidan oʻzimga naf oldim. Endi bundan keyin oʻzimni bunaqa jirkanch ahvolga solib qoʻymayman, oʻz tanish-bilishligimdan hech qachon bu tariqa foydalanishga harakat qilmayman, deb ahd qildim oʻzimcha va shundan buyon biror marta ham bu qoidadan chetga chiqqanim yoʻq”, deb yozadi Gandi.

Koʻpchiligimiz shu singari holatga tushgan boʻlsak kerak. Yaqinlar, doʻstlar va ayniqsa begonalar uchun oʻrinli-oʻrinsiz iltimoslar qilib, hurmat-izzatni toʻkish yaramaydi. Mutlaqo. Gandining bu hikoyasi bizga bu borada jiddiy hayotiy saboq beradi.

Mutolaa jarayonida meni hayratga solgan, biroz erishroq tuyulgan holatlarga ham duch keldim. Mahatma Gandi har qanday sharoitda oʻz hayotiy prinsiplariga qatʼiy amal qilishga intiladi. Eng ogʻir, kishi gʻururini yerga toptab tashlaydigan vaziyatlarda ham quyushqondan chiqmaydi, ogʻir-vazmin va mushohadali yoʻl tutadi. Balki uning beqiyos muvaffaqiyati siri ana shundadir.

Davomi ⬇️
👍3

tgoop.com/oriftolib/489
Create:
Last Update:

BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/489

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

“Hey degen, are you stressed? Just let it all out,” he wrote, along with a link to join the group. A few years ago, you had to use a special bot to run a poll on Telegram. Now you can easily do that yourself in two clicks. Hit the Menu icon and select “Create Poll.” Write your question and add up to 10 options. Running polls is a powerful strategy for getting feedback from your audience. If you’re considering the possibility of modifying your channel in any way, be sure to ask your subscribers’ opinions first. How to Create a Private or Public Channel on Telegram? Joined by Telegram's representative in Brazil, Alan Campos, Perekopsky noted the platform was unable to cater to some of the TSE requests due to the company's operational setup. But Perekopsky added that these requests could be studied for future implementation. The best encrypted messaging apps
from us

Telegram Orif Tolib
FROM American