tgoop.com/oriftolib/463
Last Update:
“Devonu lugʻatit turk”ka sayohat
#Devonu_lugʻatit_turk
Mahmud Koshgʻariy qalamiga mansub “Devonu lugʻatit turk” (Turkiy soʻzlar devoni) turkiy tilshunoslikning buyuk yodgorligidir. U tarix, geografiya, etnografiya kabi yoʻnalishlarda ham noyob maʼlumotlar bera oladi.
Ushbu asar oʻzbek tilida ilk bor oʻtgan asrda, 1961-63-yillarda uch jildda nashr etilgandi. Yarim asr mobaynida qayta chop etilmadi. Uni topish juda qiyin edi. Osonroq yoʻli bu noyob nashrning skaner nusxasini Ziyouz elektron kutubxonasidan olib oʻrganish edi. Ammo soʻnggi yillarda bu muammo hal etildi, “Devon” qayta bosildi. Buning uchun “Mumtoz soʻz” nashriyoti (2016) va Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi (2017) ga alohida tashakkur.
“Devon”ni 2014-2015-yillarda elektron variantidan oʻrganib chiqqandim. Oʻzim uchun bir dunyo yangiliklar olgandim. Hozir Qosimjon Sodiqov tahriridagi nashr (Gʻafur Gʻulom NMIU)ni oʻqib chiqyapman. Yangi topildiqlar topilyapti, yangi mulohazalar tugʻilyapti. Sahifamda ana shular bilan oʻrtoqlashib borishni niyat qildim.
Demak, boshladik...
@oriftolib
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/463