ORIFTOLIB Telegram 4515
Badiiy asar gʻoyasi qanday tugʻiladi?

Bir paytda tugʻilib, bir paytda oʻsib-rivojlanadigan ikki gʻoya deyarli boʻlmaydi. Yuqoridagi savolga javobni umumiy emas, har bir alohida hikoya, roman yoki qissa bilan bogʻliq holda izlash zarur.

Gʻoya paydo boʻlishi uchun nima qilish kerak yoki yanada quruqroq til bilan aytadigan boʻlsak, gʻoya paydo boʻlishi uchun qanday shart-sharoitlar zarur degan savolga oson javob berish mumkin. Gʻoyani yozuvchining ichki olami tayyorlaydi va yuzaga chiqaradi.

Gʻoya hosil boʻlishini qiyos yoʻli bilan yaxshiroq tushuntirish mumkin. Qiyoslash baʼzida eng murakkab narsalarga ham favqulodda tushunarlilik baxsh etadi.

Bir kuni astronom Jinsdan Yerning yoshi haqida soʻrashadi.

– Katta bir togʻni tasavvur qiling, – deydi Jins, – hech qursa, Kavkazdagi Elbrusni. Endi uning ustida beparvo sakrab, qoyalarni choʻqilayotgan chumchuqni xayolga keltiring. Ana shu chumchuq Elbrusning tagiga yetib kelgunicha qancha vaqt ketsa, Yerning yoshini shunga teng deb bilavering.

Gʻoyaning paydo boʻlishini tushunishga yordam beradigan qiyos birmuncha sodda. Asar gʻoyasi bu – chaqmoq. Yer ustida koʻp kunlar mobaynida elektr yigʻiladi. Atmosfera elektr bilan limmo-lim toʻlganda toʻp-toʻp oq bulutlar momaqaldiroq soluvchi dahshatli qora bulutlarga aylanadi. Ular ichida quyuq elektr dimlanishidan birinchi uchqun – chaqmoq paydo boʻladi.

Chaqmoq chaqqan zahotiyoq sharros yomgʻir quya boshlaydi.

Gʻoya ham fikrlar, hissiyotlar va xotiralar bilan boyigan inson ongida chaqmoqday paydo boʻladi. Bularning bari asta-sekin yigʻilib boradi va payti kelib toʻla boʻshashni taqozo etadi. Siqilgan va hali pala-partish bu olam chaqmoqni – gʻoyani dunyoga keltiradi.

Gʻoya xuddi chaqmoq singari arzimagan turtki sabab yuzaga chiqadi.

Konstantin Paustovskiy
“Tilla atirgul” kitobidan

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

tgoop.com/oriftolib/4515
Create:
Last Update:

BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/4515

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Administrators Hashtags best-secure-messaging-apps-shutterstock-1892950018.jpg Add the logo from your device. Adjust the visible area of your image. Congratulations! Now your Telegram channel has a face Click “Save”.! ZDNET RECOMMENDS
from us

Telegram Orif Tolib
FROM American