tgoop.com/oriftolib/4491
Create:
Last Update:
Last Update:
# va @ belgisi: qoʻshimchalarni toʻgʻri qoʻshyapsizmi?
Ijtimoiy tarmoqlar hayotimizga heshteg va foydalanuvchi nomi kabi tushunchalarni olib kirdi. Ularga oʻzbekcha qoʻshimcha qoʻshishda koʻpchilik ikkilanadi. Xoʻsh, qanday yozish toʻgʻri?
Imlo qoidalarida bu haqda koʻrsatma yoʻq. Yechimni til mantigʻi va texnik talablardan kelib chiqib topamiz.
Asosiy qoida: qoʻshimchani boʻsh joy (probel) bilan ajratib yozing.
Bu yondashuv 10 ta, 70% ga, 10 kg dan kabi soʻzlar imlosiga mos keladi va belgining texnik vazifasini buzmaydi.
📌 Demak:
#yangiliklar ni kuzatib boring ✅
@oriftolib dagi post ✅
#yangiliklarni kuzatib boring ❌
@oriftolibdagi post ❌
❗️Texnik eslatmalar:
1️⃣ Heshteg ichida boʻsh joy boʻlmaydi. Soʻzlarni qoʻshib yoki pastki chiziq bilan yozing:
#xayrlitong ✅
#xayrli_tong ✅
#xayrli tong ❌
#xayrli-tong ❌
2️⃣ Eʼtiborli boʻling: foydalanuvchi nomlarida (@username) standart lotincha harflar ishlatiladi.
💡 Taklif:
Bu atamalar hali oʻzbekchalashtirilmagan. Koʻpchilik heshteg uchun chorlov variantini taklif qiladi, bu menga ham maʼqul. Username uchun esa egaot yoki taniq variantini taklif qilaman.
Albatta, bu kabi zamonaviy masalalar kelajakda rasmiy imlo qoidalarida oʻz aksini topishi zarur. Biroq til doimiy rivojlanishda, u rasmiy hujjatlarni kutib oʻtirmaydi. Shu sababli eng toʻgʻri va mantiqli yechimlarni taklif qilish va amaliyotga imkon qadar tezroq tatbiq qilish til rivojiga xizmat qiladi.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/4491