tgoop.com/oriftolib/4489
Last Update:
Qiya chiziq (/) haqida nimalarni bilasiz?
Imlo haqida gap ketganda koʻpincha harflar va soʻzlarga eʼtibor qaratamiz-u, belgilar biroz chetda qolib ketadi. Matnda tinish belgilari juda muhim, hatto tinish belgilari qatoriga kirmagan belgilar ham oʻziga xos vazifa bajaradi. Shulardan biri – qiya chiziq (/).
Bu belgi koʻpincha rasmiy, ilmiy va texnik matnlarda uchraydi. Qiya chiziqning asosiy vazifalarini koʻrib chiqamiz.
1️⃣ Va/yoki oʻrnida:
Arizaga pasport/ID karta nusxasi ilova qilinsin.
2️⃣ Nisbat belgisi sifatida:
100 km/h, narx/sifat nisbati.
3️⃣ Qisqartmalarda:
t/r (tartib raqami), h/r (hisobraqam).
4️⃣ Hujjat va bino raqamlarida:
156/A-sonli buyruq, Hurriyat koʻchasi, 8/1-uy.
❗️ / va \ belgilarini adashtirmang!
Oʻng qiya internet manzillarida qoʻllanadi:
https://oriftolib.uz/dars/imlo/
Chap qiya kompyuterda fayl yoʻlini koʻrsatadi:
D:\Hujjatlar\Arizalar\Qiyachiziq.docx
💡 Taklif:
Bu ikki belgi inglizchada forward slash va backslash deb ataladi. Men ularni oʻzbekchada loʻnda qilib oʻng qiya (/) va chap qiya (\) deb atashni taklif qilaman. Xalqchil qilib oʻng kaltak va chap kaltak deyish ham mumkin.
P.S. Bu kabi maqolalarning toʻliq shakli va imlodagi koʻplab chalkashliklarga yechimlar men tayyorlayotgan yangi imlo qo‘llanmasida jamlanyapti. Kanalni kuzatib boring, tez orada tafsilotlar bilan bo‘lishaman!
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/4489