ORIFTOLIB Telegram 4433
Bir kosa sut

Hovard maktabdan bo‘shagan paytlari uyma-uy yurib narsa sotadigan faqir bir bola edi. Bir kuni eshikma-eshik ko‘p chopgan bo‘lsa-da, hech narsa sotolmadi. Qorni juda ochqab, holdan toydi. Cho‘ntagidagi o‘n sent hech narsaga yetmasdi.

Nihoyat navbatdagi uydan yegani narsa so‘rashga qaror qildi. Biroq eshikni yosh qiz ochgani sababli uyalib, suv so‘rashga kuchi yetdi xolos. Qiz uning ochqaganini anglagandi. U suv o‘rniga bir kosa sut olib chiqdi. Hovard sutni shoshmay, ho‘plab-ho‘plab ichdi, so‘ng:

– Necha pul bo‘ladi? – deb so‘radi.

Qiz:

– Hech nima kerak emas, tekinga. Onam qilgan yaxshiligingga pul olmagin deb o‘rgatganlar, – deb javob berdi.

Bola:

– Chin ko‘nglimdan rahmat aytaman, – dedi va ketdi.

Yillar ketidan yillar o‘tdi. Hovard dastlab o‘rta maktabni, so‘ng litseyni, keyin esa universitetni tugatdi. Yillar o‘taverdi.

Bir kuni Jon Hopkins universiteti tibbiyot fakultetining ginekologik onkologiya bo‘limiga og‘ir bir xastani olib kelishdi. Qahramonimiz Hovard Kelli bu mashhur tibbiyot dargohining ta’sischilaridan biri edi. Boshqa shifoxonadagi do‘xtirlar bemorni davolash tugul, unga hatto to‘g‘ri tashxis ham qo‘ya olmagan edi.

Do‘xtir Kelli bemorning ma’lumot varaqasini ko‘zdan kechirayotib uning qayerdan kelganini bilgach, xotirasida bolaligi o‘tgan ko‘chalar, mashaqqatli kechmishi jonlandi. Ko‘rikka kirgach esa, xastani bir ko‘rishdayoq tanidi. Bu ayol uzoq yillar oldin unga suv o‘rniga sut bergan o‘sha qiz edi.

Uzoq yillar oldingi yaxshilikni eslagan do‘xtir Kelli bor ilm-mahoratini ishga solib, kasalni davolashga kirishdi. Nihoyat Alloh shifo berdi, ayol og‘ir xastalikdan qutuldi.

Shifoxonadan javob beriladigan kuni ayolni davolash bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisob-kitob qilingan qog‘oz rahbarga – Hovard Kelli huzuriga olib kirildi. Hisob qog‘ozini ko‘rgan do‘xtir unga bir narsalar yozdi va qog‘ozni ayolning xonasiga yubordi. Ayol qo‘rqa-pisa qog‘ozni ochdi. Bu singari davolanish juda katta pul turishini u yaxshi bilardi. Bo‘ynimga anchagina katta qarz ilindi deb o‘ylardi u.

Qog‘ozda haqiqatan ham o‘n minglab dollarlik raqamlar yozilgan edi. Biroq uning ostida do‘xtir Kelli imzosi bilan bir izoh yozib qo‘yilgandi:

"Xarajatlar bir kosa sut bilan to‘lab qo‘yilgan".

👉 Ibratli hikoyalardan

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

tgoop.com/oriftolib/4433
Create:
Last Update:

BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/4433

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Select: Settings – Manage Channel – Administrators – Add administrator. From your list of subscribers, select the correct user. A new window will appear on the screen. Check the rights you’re willing to give to your administrator. So far, more than a dozen different members have contributed to the group, posting voice notes of themselves screaming, yelling, groaning, and wailing in various pitches and rhythms. In 2018, Telegram’s audience reached 200 million people, with 500,000 new users joining the messenger every day. It was launched for iOS on 14 August 2013 and Android on 20 October 2013. 4How to customize a Telegram channel? Telegram channels enable users to broadcast messages to multiple users simultaneously. Like on social media, users need to subscribe to your channel to get access to your content published by one or more administrators.
from us

Telegram Orif Tolib
FROM American