ORIFTOLIB Telegram 4429
Savobi uzoq vaqt kelib turadi

Bugundan “Tashabbusli byudjet” loyihalariga ovoz berish boshlandi. Sizga ham tanish-bilishlar havola joʻnatgandir. Balki, oʻzingizning mahallangiz, maktabingiz tashabbus bilan qatnashayotgandir. Bunda, albatta, oʻsha loyihalarga ovoz berasiz.

Hatto ikki litr yogʻ yoki kola uchun ovoz berish ham har kimning oʻz haqqi. Ammo ovoz berishda sizga savobi uzoq yillar tegib turadigan usulni tanlasa ham boʻladi. Bu – yoʻllar, taʼlim dargohlari qurilishiga xolis ovoz berishdir. Maktab qurishga ovoz berish uning binosiga bir gʻishtmi, oʻn gʻishtmi, yuz gʻishtmi yordam qilishday gap – qad koʻtaradigan dargoh uzoq yillar xizmat qiladi, bundan sizga ham savob tegadi, inshaalloh.

Shu satrlarni yozyapman-u, sovet zamonida qurilgan ikki smenali maktabda oʻqiganim, qish oylari qorongʻida uyga qaytganim, uydagilar xavotir olib oʻtirgani esimga tushyapti. Toʻgʻri, Uchkoʻprik tumanidagi men tahsil olgan 34-maktab mustaqillik yillarida qayta qurildi. Lekin sigʻim oʻzgarmadi – bolalar oʻsha-oʻsha ikki smenada maktabga qatnayverdi. “Tashabbusli byudjet”ning bu mavsumida maktabga qoʻshimcha bino qurish loyihasi qoʻyilibdi. Imkoni borlarni shu loyihaga ovoz berishga chaqiraman. Keng va yorugʻ sinflarda oʻqiydigan bolalar, oʻzidan ham koʻra oʻquvchilari uchun koʻproq sevinadigan ustoz-muallimlarning duosini oling:

👉 https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/52/c82c2c93-1c5f-4de4-8669-79bbd0068713

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

tgoop.com/oriftolib/4429
Create:
Last Update:

BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/4429

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

2How to set up a Telegram channel? (A step-by-step tutorial) ZDNET RECOMMENDS How to Create a Private or Public Channel on Telegram? To upload a logo, click the Menu icon and select “Manage Channel.” In a new window, hit the Camera icon. Content is editable within two days of publishing
from us

Telegram Orif Tolib
FROM American