Notice: file_put_contents(): Write of 18858 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Orif Tolib@oriftolib P.4167
ORIFTOLIB Telegram 4167
​​Hisbelgi nima?

2020-yili emoji soʻziga oʻzbekcha muqobil topish uchun soʻrovnoma bergandim. Unda kulgich, kuldirgich, kulinchoq, imochi, hisbelgi kabi soʻzlarni variant sifatida taklif qilgandim. Eng koʻp ovozni hisbelgi soʻzi olgandi.

Keyin bu maʼlumot 2022-yili nashr qilingan 6-sinf “Ona tili” darsligiga ham kiritildi.

Darslik bu soʻzga shunday izoh bergan:

Hisbelgi – his-tuygʻu, narsa va hodisalarni ifodalovchi belgi. Odatda bitta soʻz yoki gap maʼnosiga teng keladi. Hisbelgi odam, hayvon va turli predmetlar shaklida boʻlishi mumkin.

Hisbelgi rasmiy boʻlmagan matnlarda, shaxsiy yozishmalarda qoʻllanadi. Uning qoʻllanishi tinish belgilarining vazifasiga taʼsir etmaydi.

Oradan toʻrt yildan koʻproq vaqt oʻtdi. Hisbelgi soʻzi ommalashdi. Bugun faqat oʻqituvchilar emas, boshqa soha vakillari ham emoji yoki smaylik oʻrnida hisbelgi atamasini ishlatayotganiga guvoh boʻlyapman. Neologizmlarni oʻzbekchalashtirish yoʻlidagi kichik gʻalaba bu.

Aytgancha, emoji soʻzining inglizcha emotion – hissiyot soʻziga aloqasi yoʻq. Shaklan oʻxshash xolos. Asli yaponcha, rasmli belgi yoki rasm-belgi maʼnosiga ega. Emoʻzi deganga oʻxshash oʻqilar ekan.

Emoji deganda kishining koʻz oldiga birinchi galda turli yuz ifodalariga ega belgilar keladi. Narsa-buyum, hodisaning biror yorqin xususiyatiga qarab ot qoʻyish amaliyoti tilda bor. Shunga koʻra, emojini hisbelgi deb atash asoslidir.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍78🔥10💯3😢1

tgoop.com/oriftolib/4167
Create:
Last Update:

BY Orif Tolib

Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/4167

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

For crypto enthusiasts, there was the “gm” app, a self-described “meme app” which only allowed users to greet each other with “gm,” or “good morning,” a common acronym thrown around on Crypto Twitter and Discord. But the gm app was shut down back in September after a hacker reportedly gained access to user data. Unlimited number of subscribers per channel 6How to manage your Telegram channel? How to Create a Private or Public Channel on Telegram? Developing social channels based on exchanging a single message isn’t exactly new, of course. Back in 2014, the “Yo” app was launched with the sole purpose of enabling users to send each other the greeting “Yo.”
from us

Telegram Orif Tolib
FROM American