tgoop.com/oriftolib/3693
Create:
Last Update:
Last Update:
Leksik va semantik moslik meʼyorining buzilishi
2️⃣ Leksik va semantik moslik meʼyorining buzilishi. Soʻzni toʻgʻri qoʻllash uchun uning maʼnosini bilish yetarli emas, uning semantik va leksik uygʻunligi chegaralarini ham hisobga olish zarur.
Soʻzlar mazmun jihatidan oʻzaro bogʻlana olmasligi mumkin. Masalan:
Yer va boshqa sayyoralar oftob atrofida aylanadi.
Oftob soʻzi quyosh soʻziga sinonim, koʻp oʻrinlarda uning maʼnosini ifodalay oladi. Lekin osmon jismi maʼnosida faqatgina quyosh soʻzini ishlatish mumkin:
Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida aylanadi.
@oriftolib
BY Orif Tolib


Share with your friend now:
tgoop.com/oriftolib/3693